So’nggi yangiliklar

16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  7 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  20 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  10 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Argentina Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Argentina

Jahon chempionati "F" guruhi favoriti Argentina terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.

Argentina termasi dunyoning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi. Argentina Franciya kabi FIFAning barcha musobaqalarida g'alaba qozongan. Jahon chempionati, Olimpiada va Konfederaciyalar kubogida Maradona yurti vakillari bosh sovringa ega chiqishgan. SHuningdek ular o'z mintaqalarida ham bir necha bor chempionlikni qo'lga kiritishgan.


Argentina har doim har qaysi chempionatda qatnashmasin, faqat favorit safida etirof etilib kelinadi. Argentina so'nggi bor 1986 yilda Jahonda tengsiz bo'lgan. SHundan keyin Argentina xalqaro maydonda sovrin yutolmay kelmoqda. Argentina tarkib jihatdan har qaysi davrda eng kuchlilaridan biri bo'lib kelgan. Ushbu terma jamoasida dunyo futbol yulduzlari harakat qilishgan. Birgina Diego Armando Maradona butun boshli Argentinani Jahon chempioni bo'lishida o'zining o'lkan hissasini qo'shgan. 1986 yilgi mundialda futbol afsungari Maradona o'zining betakror o'yinlari bilan ko'plab futbol ishqibozlarini olqishlariga sazovor bo'lgan. O'sha mundialda Argentinani Jahon chempionligiga etaklagan  Maradona musobaqa "Oltin to'pi" sohibiga aylangan edi. SHundan so'ng Argentina futbol olamida katta tanffus qildi. Garchi Maradonadan keyingi avlod ham chakki bo'lmagan bo'lsada, Batistuta, Veron, Ayala, Simeone,  Lopez, Ortega, Kili Gonzales, Krespo, Saviola kabi futbolchilar davrida Argentina sayyoramizning eng yirik musobaqasida aytarli natija ko'rsata olishmagan. 


JARda bo'lib o'tgan chempionatda Argentina g'oliblikka asosiy davogarlar qatorida edi. Ammo Diego Armando Maradona boshchilik qilgan Argentina terma jamoasi 2010 yildagi mundialda o'zlaridan kutilgan natijani qayd eta olishmadi. Juda kuchli tarkibga ega bo'lgan argentinaliklar chorak finalda Germaniyadan qaqshatkich zarbani qabul qilib olishadi va kutilmaganda o'z yurishlarini chorak finalda to'xtatishga majbur bo'lishadi. O'z tarkibida Karlos Tevez, Gonsalo Iguain, Serxio Aguero, Lionel Messi, Diego Milito singari dahshatli hujum chizig'iga ega bo'lgan Argentinani ko'pchilik erta chempion qilib yuborishgandi. Ammo bu kabi qudratli ijrochilarni to'plagan Maradona jamoasi hamjihatlikda harakat qila olmagan edi. 


Ushbu mundial oldidan ham Argentinaning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Hozirgi tarkibi ham avvalgisidan kuchsiz emas va ular eng azaliy raqiblari maydonlarida g'alabani tantana qilishni rejalashtirishmoqda. Ayni paytda Argentinani Alexandro Sabelya boshqarib bormoqda. Ushbu mutaxassis jamoada ichki muhitni ancha yaxshilagan va Argentinaning jamoaviy o'yin sifati ham sezilarli darajada o'sgan. 


Argentina o'z guruhida so'zsiz favorit hisoblanadi. Ularga qarshilik qilishga Bosniya va Gercegovina, Nigeriya va Eron terma jamoalari urinib ko'rishadi. 

Argentina terma jamoasi haqida

Tashkil topgan yil:

Mintaqasi: KONMEBOL

Bosh murabbiy: Alexandro Sabelya

Jamoa sardori: Lionel Messi 

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Xaver Zanetti (145 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Gabriel Batistuta (56)

Ilk o'yin: Urugvay - Argentina 0:6 (1902 yil)

Eng yirik g'alabasi: Argentina - Ekvador 12:0 (1942 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Boliviya - Argentina 6:1 (2009 yil) 

Erishgan yutuqlari

Jahon chempioni: (1978, 1986)

Amerika kubogi sohibi: 14 karra (1921, 1925, 1927, 1929, 1937, 1941, 1945, 1946, 1947, 1955, 1957, 1959, 1991, 1993)

Olimpiyada g'olibi: (2004, 2008)

Konfederaciyalar kubogi: (1992)


Argentina terma jamoasining yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar: Serxio Romero (Monako, Monako), Maryano Anduxar (Kataniya, Italiya), Agustin Orion (Boka Xuniors).

Himoyachilar: Martin Demichelis, Pablo Sabaleta (ikkisi – Manchester Siti, Angliya), Esekiel Garay (Benfika, Portugaliya), Federiko Fernandes (Napoli, Italiya), Markos Roxo (Sporting, Portugaliya), Ugo Kampanyaro (Inter, Italiya), Xose Basanta (Monterrey).

Yarim himoyachilar: Xaver Maskerano (Barselona, Ispaniya), Fernando Gago (Boka Xuniors), Lukas Bigliya (Lacio, Italiya), Augusto Fernandes (Selta, Ispaniya), Enco Peres (Benfika, Portugaliya), Rikardo Alvares (Inter, Italiya), Maksi Rodriges (Nyuells Old Boyz), Anxel Di Mariya (Real, Ispaniya).

Hujumchilar: Lionel Messi (Barselona, Ispaniya), Serxio Aguero (Manchester Siti, Angliya), Gonsalo Iguain (Napoli, Italiya), Rodrigo Palasio (Inter, Italiya), Esekiel Lavessi (PSJ, Franciya).



SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика