So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Angliya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Angliya

Jahon chempionati "D" guruhi favoritlaridan biri Angliya terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz.

Angliya futbol vatani hisoblanadi. Angliya terma jamoasi haqida fikr yuritadigan bo'lsak, avvalo shuni aytish mumkinki, Angliya futbol associaciyasi eng birinchilardan bo'lib tashkil topgan. Ular 1905 yilda FIFAga va 1954 yili esa UEFAga azo bo'lishgan. 



Angliya terma jamoasi o'zining ilk rasmiy o'yinini 1872 yilda SHotlandiyaga qarshi o'tkazgan. 


Angliya o'z tarixida bir marotaba Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lgan. Ular 1966 yilda Alf Ramsey qo'l ostida Jahon kuboigini qo'lga kiritishgan. Finalda o'z maydonlarida kechgan bahsda Germaniya termasini qo'shimcha taymlarda mag'lub etishni uddasidan chiqishgan.



Angliyaliklar shu paytga qadar hali birorta marta Evropa chempioni bo'la olishmagan. Ular bu borada Jahon chempioniligi qo'lga kiritib, o'z mintaqasida g'oliblikni qo'lga kiritolmagan yagona jamoa bo'lib turishibdi.

Angliya ancha yillardan buyon katta musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kirita olmay kelmoqda. Eng so'nggi muvaffaqiyatli natija bu o'sha 1966 yildagi Jahon chempionati hisoblanadi.



Angliya har doim favoritlar safida tilga olinib kelinadi, lekin amalda esa bu nomni oqlay olishmay kelishmoqda.
So'nggi yillardagi natijalariga etibor qaratadigan bo'lsak, jamoa 2002 va 2006 yildagi mundiallarda chorak finalgacha. 2010 yilda JARda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida esa 1/8 final bosqichigacha borgan. Umuman olganda, Angliya 1966 yildagi muvaffaqiyatdan so'ng hali biror marta yarim finalga qadar ham etib kela olmagan.
Alf Ramsey bosh murabbiy bo'lib ishlaganidan so'ng, yana bir qator kuchli mutaxassislar Angliya terma jamoasini boshqarishgan. Ser Bobbi Robson, Grem Teylor, Terri Veneybls, Sven-Yoran Eriksson, Stiv Maklaren, Fabio Kapello kabi murabbiylar Angliyani yuqori pog'onaga chiqarish uchun mehnat qilishgan. Lekin ularningharakat va urinishlari zoe ketgan.



Angliya terma jamoasiga 2012 yilda Roy Xojson bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu mutaxassis qo'li ostida jamoa uzoq kutilgan natijalarni qo'lga kiritilishi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda jamoada bir qator o'zgarishlar yuz berdi. Kichik avlodlar almashuvi kuzatilmoqda. Roy Xojson mundialga Eshli Koulni olib ketishni istamadi. SHuningdek jamoaning yakuniy tarkibidan Jon Terriga ham joy  topilmadi. Angliyani etakchi sifatida Runi, Jerard, Lempard kabi futbolchilar mundialda maydonga olib tushishadi. Angliya tarkibidagi Lyuk SHou, Lallana, Xenderson, CHemberleyn, Sterling, Starrij kabi futbolchilar mundial kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.



Angliya o'rin olgan "D" guruhi ancha qiziqarli kechishi kutilmoqda. Guruh g'olibligi birdagina uchchala terma jamoa kurash olib borishadi. Urugvay, Italiya va Angliya so'zsiz guruh etakchilari. Kosta-Rika esa mo'jiza tufayli keyingi bosqichga yo'l olishi mumkin.

Angliya shu kungacha 13 marotaba mundialda ishtirok etgan va jami 59 o'yinda maydonga tushgan. Angliya 26 o'yinda g'alaba qozongan, 19 bahsda durang qayd etilgan va 14 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati: 77-51.




Angliya terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil:
1863

Mintaqasi: Evropa

Bosh murabbiy: Roy Xojson

Jamoa sardori
: Stiven Jerard

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi
: Piter SHilton (125 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Bobbi CHarlton (49 gol)

FIFA reytingidagi o'rni: 11

Ilk o'yini: SHotlandiya - Angliya 0:0 (1872 yil)

Eng yirik g'alabasi: Irlandiya - Angliya 0:13 (1882 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Vengriya - Angliya 7:1 (1954 yil)

Erishgan yutuqlari:
Jahon chempioni: (1966)


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика