So’nggi yangiliklar

10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   0 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0

JCH-2014. Kosta-Rikadan sensaciya, Urugvaydan ilk qizil kartochka Yangiliklar

JCH-2014. Kosta-Rikadan sensaciya, Urugvaydan ilk qizil kartochka

Bu futbol, bu Jahon chempionati deb ataladi. Siz kutgan narsalar doim ham qayd etilavermaydi. Futbolni shu bois ham sevamiz.
Fortaleza shahridagi stadionda bo'lib o'tgan Urugvay - Kosta Rika uchrashuviga berilgan dastlabki tariflar edi bu. Bir boshidan boshlaymiz...

JCH-2014ga qura tashlangan vaqtda ko'pchilikning Kosta Rikaga rahmi kelgandi, ammo bugun ushbu davlat terma jamoasi JCH-2010 yarim finalchisi hisoblangan Urugvayni 3:1 hisobida mag'lub etdi.



22-daqiqada urugvayliklar sardori Diego Lugano raqib jarima maydoni ichida yiqitildi, hakam penalti belgiladi. Uni PSJ hujumchisi Edinson Kavani sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirdi - 1:0. Barchasi kutilgandek boshlandi. Birinchi bo'lim oxirida Forlanning Keylor Navas Forlanning zarbasidan keyin himoyachiga tegib, yuqori burchakka kirib borayotgan to'pni to'sin ustidan oshirib tashladi.

Tanaffus vaqtida Kosta rikaliklar o'z murabbiylarida yaxshigina gap eshitishgan shekilli butkul boshqacha o'ynashni boshlab yuborishdi. 54-daqiqada qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to'pni qaytarishda Urugvay himoyachilari sust harakat qilishdi. To'pni to'xtatib olgan Kempbell xotirjamlik bilan chap oyog'ida kuchli zarba berdi, 1:1.

Oradan 3 daqiqa o'tib jarima zarbasidan keyin to'p darvoza yaqiniga oshirildi va Duarte boshi bilan uzoq burchakka to'pni aylashtirib tashlab qo'ydi - 1:2!



83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Markos Urena keyingi daqiqada Muslera darvozasiga gol urdi - 1:3.  

Bahs so'nggida Urugvay hech bo'lmasa bitta to'p ham kirita olmadi, buni o'rniga himoyachi Maksi Pereyra Joel Kempbellning oyog'iga atayin tepgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ushbu qizil kartochka JCH-2014dagi birinchisi bo'lganini takidlash lozim.

SHu tariqa o'lim guruhidan o'rin olgan yaqqol autsayder birinchi turda 3 ochko qo'lga kiritib, kamida 3 soatga guruhda yakka peshqadam bo'lib oldi.



URUGVAY - KOSTA-RIKA - 1:3 (1:0)
15 iyun. 00:00
Bosh hakam:
Feliks Brix (Germaniya)
Yordamchi hakamlar: Mark Borsh (Germaniya), Stefan Lupp (Germaniya)
Zaxira hakami: Viktor Karillo (Peru)

Urugvay: Fernando Muslera, Diego Lugano, Diego Godin, Valter Gargano (Alvaro Gonsalez, 60), Kristian Rodrigez (Abel Ernandez, 76), Diego Forlan (Nikolas Lodeyro, 60), Kristian Stuani, Maksi Pereyra, Arevalo Rios, Edinson Kavani, Martin Kaseres.

Kosta Rika: Keylor Navas, Jankarlo Gonsalez, Mixael Umana, Selso Borges, Oskar Duarte, Kristian Bolanos (Barrantes, 88), Joel Kempbell, Brayn Ruiz (Urena, 83), Junior Diaz, Kristian Gamboa, Elcin Texeda (Kubero, 74).

Gollar: Kavani 24-pen - Kempbell 54, Duarte 57. Urena, 84.

Ogohlantirishlar: Lugano 49. Gargano 56. Kaseres, 81.

CHetlatish: Pereyra, 90+4.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика