So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

JCH-2014. Kosta-Rika – Angliya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Kosta-Rika – Angliya. PREVYU

Jahon chempionati bilan xayrlashib bo'lgan Angliya bugun guruhdagi oxirgi uchrashuvini o'tkazadi.
O'yindan oldin jamoalar oldiga qo'yilgan vazifa ikki xil – Kosta-Rika guruhdagi birinchi o'rinni saqlab qolish uchun kurashsa, Angliya ketma-ket uchinchi marta yutqazib qo'ymaslik uchun bahs olib boradi.

Kosta-Rika guruhdan chiqish masalasi avvalgi ikki turda g'alaba qozonib naqd qildi. Bu jamoa uchun guruhdan chiqishning o'ziyoq katta natija hisoblanadi. Aytib o'tganimizdek, Kosta-Rika bugun ham g'alaba qozongudek bo'lsa, guruh bahslarini birinchi o'rinda yakunlaydi.



Xorxe Luis Pinto bugungi bahs uchun katta ehtimol bilan bir qator o'zgarishlarni amalga oshirsa kerak. Xususan asosiy tarkib o'yinchilaridan Ruis bilan Kempbelga bosh murabbiyning dam berishi kutilmoqda.

Roy Xojson ham o'z navbatida jahon chempionatida hali o'ynamaganlarga imkon bermoqchi. Bu haqda murabbiy o'z intervyusida aytib o'tdi. Taxminlarga qaraganda, Angliya terma jamoasi safida 9 nafar yangi futbolchi maydonga tushadi. Himoyachilardan faqat Keyxill o'z o'rnini saqlab qolishi mumkin. SHuningdek, Starrijning ham ilk daqiqalardan o'ynashi kutilmoqda. Balki uni Lambert almashtirishi mumkin.



JCH-2014. “D” guruhi. 3-tur
KOSTA-RIKA – ANGLIYA
Belu-Orizonte, “Mineyrao” stadioni.
Bosh hakam: Jamol Xaymudi (Jazoir)

Taxminiy tarkiblar

Kosta-Rika: Navas - Duarte, Gonsales, Miller - Akosta, Kubero, Texeda, Frensis - Kalvo, Barrantes - Urenya

Angliya: Foster - Jons, Keyxill, Smolling, SHou - Uilshir, Lempard - Milner, Barkli, Lallana - Starrij

Jarohat olganlar: Oksleyd-CHemberlen (Angliya)
Diskvalifikaciya: yo'q



Xorxe Luis Pinto (Kosta-Rika termasi bosh murabbiyi):
“Bugun bizga qiyin bo'ladi, chunki Angliya turnirdan ketma-ket uchta mag'lubiyat bilan chiqib ketishni xohlamaydi. SHunday ekan, biz hushyor turishimiz kerak”.

Roy Xojson (Angliya termasi bosh murabbiyi):
“Biz guruhdagi vaziyatni o'zgartirib yuborgan jamoaga qarshi to'p suramiz. Kosta-Rika bilan raqobat qila olishimizni ko'rsatishimiz shart. Ko'plab o'yinchilarga imkoniyat beraman va ular ishonchni oqlashadi deb o'ylayman”.

Qiziqarli faktlar
-   Angliya jahon chempionatlarida hali ketma-ket uch marta mag'lub bo'lmagan. Umuman olganda 1958 yildan beri birinchi marta Angliya guruhdan chiqa olmadi.
-   Roy Xojson hozirgi jamoasi bilan ikki bor mag'lub bo'ldi. Bungacha u 1994 yilgi JCHda SHveycariya bilan ikki bor yutqazgandi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика