So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

JCH-2014. "H" guruhi. So'nggi tur prevyusi Yangiliklar

JCH-2014. "H" guruhi. So'nggi tur prevyusi

Bugun Braziliyadagi Jahon chempionatining "H" guruhida 3-tur o'yinlari bilan guruh bosqichi o'z yakuniga etadi.
Ushbu guruhda Belgiya terma jamoasi ikkinchi turdan so'ng keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilib bo'lgan.

Jazoir keyingi bosqichga chiqishi uchun Rossiyani mag'lub etsa kifoya. Durang o'ynasa Janubiy Koreyaning natijasini kutishiga to'g'ri keladi.

Rossiya ham 1/8 finalga chiqishi uchun g'alaba qozonishi shart. Bundan tashqari Koreya Belgiyani yutmasligi (yoki o'ta yirik hisobda yutmasligi) talab etiladi. Musobaqa reglamentida ochkolar teng bo'lib qolganida avvalo to'plar nisbatiga qaralishi belgilab qo'yilgan.

Janubiy Koreya guruhdan chiqishi uchun o'zi Belgiyani yirikroq hisobda yutishi, narigi o'yinda Jazoir yutamasligi shart. SHunda to'plar nisbatiga ko'ra keyingi bosqichga chiqishi mumkin.


#"H" guruhi
O'YUDMUG - O'GT-NO
1Belgiya22003 - 126
2Jazoir21015 - 413
3Rossiya20111 - 2-11
4Janubiy Koreya20113 - 5-21



JAZOIR - ROSSIYA
Jazoir - Rossiya
27 iyun. 01:00
Bosh hakam:
Junayt CHaqir (Turkiya)
Yordamchi hakamlar: Bahattin Duran (Turkiya), Tariq Ongun (Turkiya)
Zaxira hakami: Joel Aguilar (Salvador)

Taxminiy tarkiblar:

Jazoir
: Mboli - Mandi, Bugerra, Allish, Mesba - Medjani, Bentaleb - Feguli, Braimi, Jabu - Slimani

Rossiya: Akinfeev - Kozlov, V. Berezuckiy, Ignashevich, D. Kombarov - Fayzulin, Glushakov - Samedov, Kanunnikov, SHatov - Kokorin

Jarohat olganlar: yo'q

So'roq ostida: Kozlov (Rossiya)



O'yinoldi fikrlar

Voxid Xalilxojich (Jazoir bosh murabbiyi):


"Jazoir aynan hozir yangi tarix yaratishiga ishonaman. Rossiyaga qarshi o'yindan so'ng pley-offga chiqmoqchimiz. O'ylashimcha, bu bahs terma jamoa tarixidagi eng muhim bahs. Jazoirda kuchli futbolchilar bor, ular o'z kuchlarini namoyish etishlarini istayman".

Fabio Kapello (Rossiya bosh murabbiyi):

"Biz doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Xuddi shunday tarzda davom etishimiz kerak. Menimcha, ikkala jamoa taktik tomonlama teng. Doim hujum haqidy o'ylaymiz, bugun ham istisno bo'lmaydi. Jazoir bosh murabbiyining men tomonga aytgan iliq gaplari uchun rahmat. U jamoani anchagina yaxshi tayyorlagani ko'rinib turibdi".



Qiziqarli faktlar

Ushbu jamoalar hozirga qadar umuman to'qnash kelishmagan.

Rossiya JCH final bosqichlarida Afrika jamoalariga qarshi oxirgi ikki bahsda g'olib bo'lgan. 1994 yil Kamerun ustidan 6:1, 2002 yil Tunis ustidan 2:0.

Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda Jazoir o'zining mundiallardagi 7 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.

Jazoir JCHda oxirgi 8ta golni ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborgan.

Jahon chempionatlarida bir o'yinda 3tadan ko'p gol urgan birinchi jamoa aynan Jazoir bo'ldi.




BELGIYA - JANUBIY KOREYA
Belgiya - Janubiy Koreya
27 iyun. 01:00
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Yordamchi hakamlar: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya)
Zaxira hakami: Viktor Karrillo (Peru)

Taxminiy tarkiblar:

Janubiy Koreya: Jon Son Ren - Li Yon, Xon En Xo, Kim En Gvon, Yun Sok Yon - Li CHon En, Xan Kuk En - Ki Son En, Pak CHu En, Ku CHa CHol - Son Xen Min

Belgiya: Kurtua - Vanden Borre, van Byuyten, Lomberts, Vertongen - Dembele, Defur - Miralyas, de Breyne, Azar - Origi

Jarohat olganlar: Vermalen, Kompani (Belgiya)



O'yinoldi fikrlar

Xon Myon Bo (Janubiy Koreya bosh murabbiyi)
:

"Musobaqa oxiriga qadar qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Oldimizda boshqa yo'l yo'q".

Mark Vilmots (Belgiya bosh murabbiyi):

"Kam maydonga tushgan futbolchilarga imkon berishim mumkin. Ular o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilishadi. Qo'l ostimda 6 nafar hujumkor futbolchi bor, ularga imkon beraman".



Qiziqarli faktlar


Jamoalar shu kunga qadar 3 marta to'qnash kelishgan. Belgiya hisobida ikkita g'alaba va bitta durang. To'plar nisbatida Belgiya ustun - 5:2.

JCH-1990
Belgiya - Janubiy Koreya 2:0

JCH-1998
Belgiya - Janubiy Koreya 1:1

O'rtoqlik uchrashuvi
Janubiy Koreya - Belgiya 1:2

Belgiya JCH-2014 saralashi doirasida umuman mag'lub bo'lmagan (8 g'alaba, 2 durang). Vilmots shogirdlari mundialda ham mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishmoqda.

Belgiyaning mundiallardagi oxirgi 5ta goli uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida urilgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика