So’nggi yangiliklar

19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:2 (Матнли трансляция)  25 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  35 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  36 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

JCH-2014. Gollandiya qiyinchilik bilan "sokkeruzlar"ni mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2014. Gollandiya qiyinchilik bilan "sokkeruzlar"ni mag'lub etdi

Ko'pchilik birinchi turda Ispaniyani 5:1 hisobida taslim qilgan Gollandiyadan ikkinchi turda ham yirik g'alabani kutgandi.
Osiyo vakili Avstraliya esa dastlabki turda CHiliga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

SHu bois "sokkeruzlar" bugun mag'lub bo'lishsa guruhdan chiqa olmasliklari deyarli malum bo'lardi. Amalda shunday ham bo'ldi.

O'yindagi hisob 21-daqiqada ochildi. Aren Robben chaqqon harakatlar bilan raqib jarima maydoniga kirib bordi va darvozani ishg'ol qildi - 0:1.



Keyingi hujumda Avstraliya hisobni tenglashtirdi. Jarima maydoniga havolatib oshirib berilgan to'pni Tim Kexill chap oyog'i bilan to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi, to'p to'singa tegib darvoza ichiga kirib ketdi - 1:1.

32-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mark Breshiano yaqin masofadan darvozaga aniq yo'llay olmadi.

50-daqiqada Uesli Sneyderning chamasi 30 metrlardan yo'llagan aniq va kuchli zarbasini Rayyan qaytarib yubordi.



53-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bozanich raqib penalti ishladi va bosh hakam Gollandiya darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtadan Mayl Yedinak adashmadi - 2:1.

Oradan 5 daqiqa o'tgach Robin van Persi Dapayning pasidan so'ng to'pni "sokkeruzlar" darvozasiga yo'lladi - 2:2.

69-daqiqada Leki qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, qarshi hujumdan so'ng Moris Depay uzoq masofadan Rayyanni ojiz qoldirdi - 2:3. Ushbu gol Azamat Abduraimovning Xirosima-1994dagi Janubiy Koreyaga urgan goliga o'xshab ketdi.



Qolgan daqiqalarda Postekoglu shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun, van Gal shogirdlari esa shu hisobni saqlab qolish va qarshi hujumda o'z baxtini izlashga urindi.

Yakunda Gollandiya 3:2 hisobida zafar quchdi va rasman bo'lmasa ham 99 foizga keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Sariq kartochkalari soni ikkitaga etgani bosi guruhdagi so'nggi turdagi o'yinda Avstraliya safida Keyxill, Gollandiyadan van Persi maydonga tusha olmaydi.


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Gollandiya22008 - 356
2CHili11003 - 123
3Avstraliya20023 - 6-30
4Ispaniya10011 - 5-40


JCH-2014. “V” guruhi. 2-tur
AVSTRALIYA – GOLLANDIYA 2:3
Portu-Alegre. “Bera-Rio” stadioni
Bosh hakam:
Jamol Xaymudi (Jazoir)
Gollar: 0:1 – 20 Robben,  1:1 – 21 Keyxill,  2:1 – 54, penalti Edinak,  2:2 – 58 van Persi,  2:3 – 68 Depay.
Avstraliya – Rayan, Makgouen, Uilkinson, SHpiranovich, Devidson, Edinak, Makkey, Lekki, Breshiano (Bozanich, 51), Our (Taggart, 77), Keyxill (Xelloran, 69).
Gollandiya – Silessen, Martins Indi (Depay, 45), Vlar, de Vrey, Yanmat, de Guzman (Veynaldum, 78), N. de Yong, Blind, Sneyder, van Persi (Lens, 87), Robben.
Ogohlantirishlar: Keyxill (43), van Persi (47).


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика