So’nggi yangiliklar

19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:2 (Матнли трансляция)  23 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  31 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  36 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

JCH-2014. Gilerme Ochoa Braziliyani to'xtatib qoldi Yangiliklar

JCH-2014. Gilerme Ochoa Braziliyani to'xtatib qoldi

Braziliya va Meksika o'rtasidagi o'yin bilan mundialning ikkinchi tur o'yinlari boshlandi.
Ikkala jamoa ilk turda raqiblarini mag'lub etishgani yodingizda bo'lsa kerak. Bugungi o'yinda g'alaba qozongan jamoa keyingi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qilishi mumkin edi.

Bahs ikkala tomonning ehtiyotkorligi bilan boshlandi. Dastlabki xavfli vaziyat 24-daqiqada meksikaliklar tomonidan tashkil etildi. Oribe Peraltaning zarbasi xavfli chiqdi.

Keyingi daqiqada Dani Alvesning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini Neymar boshi bilan darvozaga yo'lladi. O'yin qahramoni bo'lgan Gilerme Ochoa to'pni chiziq ustidan qaytarib yubordi! Ushbu seyv nafaqat turning balki musobaqaning eng chiroyli seyvi bo'lishga davogar.



41-daqiqada Vaskezning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi xavfli, lekin noaniq chiqdi.

43-daqiqada David Luizning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Ochoa to'pni qaytardi.

Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Bernard 48-daqiqada o'ng qanotdan juda tezlik bilan jarima maydoniga kirib borib narigi qanotdagi Neymarga to'p uzatdi, Francisko Rodriges to'pni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

50-daqiqadan so'ng meksikaliklar ketma-ket tarzda uzoq masofalardan darvoza tomon zarbalar berishdi. Vaskez, Dos Santos, Erreraning zarbalari xavfli chiqdi.



69-daqiqada hisob ochilishi mumkin edi. Neymar yaqin masofadan darvozaga aniq va kuchli zarba berdi, yana Ochoa o'zini ko'rsatdi.

85-daqiqada jarima to'pidan uzatilgan to'pni Tiago Silva 2 metrdan boshi bilan darvozaga zarba berdi, bu safar ham Ochoa o'z mahoratini namoyish etdi.

So'nggi soniyalarda Ximenesning kuchli zarbasidan so'ng Julio Sezar to'pni qaytarib yuborib Braziliyani mag'luiyatdan qutqarib qoldi.




"A" guruhi
Braziliya - Meksika 0:0
18 iyun. 00:00
Bosh hakam:
Junayt CHaqir (Turkiya)
Yordamchi hakamlar: Bahattin Duran (Turkiya), Tariq Ongun (Turkiya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)

Braziliya: 1.Julio Sezar, 2.Dani Alvesh, 3.Tiago Silva, 4.David Luiz, 6.Marselo, 8.Paulino, 9.Fred (21.Jo, 68), 10.Neymar, 11.Oskar (19.Villian, 84), 16.Ramires (20.Bernard, 46), 17.Luis Gustavo.

Meksika: 13.Gilermo Ochoa, 2.Francisko Rodrigez, 4.Rafael Markes, 6.Ektor Errera (8.Marko Fabian, 77), 7.Migel Layun, 10.Jovanni Dos Santos (9.Raul Ximenes, 84), 15.Ektor Moreno, 18.Andres Guardado, 19.Oribe Peralta (14.Xaver Ernandes, 74), 22.Paul Agilar, 23.Xose Vaskez.

Ogohlantirishlar: Ramires 45, Tiago Silva 79 - Paul Agilar 59, Xose Vaskes 61.


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Braziliya21103 - 124
2Meksika21101 - 014
3Kamerun10010 - 1-10
4Xorvatiya10011 - 3-20



Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика