So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

JCH-2014. “F” guruhi PREVYUSI Yangiliklar

JCH-2014. “F” guruhi PREVYUSI

Bugun jahon chempionatining “F” guruhida oxirgi tur bahslari bo'lib o'tadi.
Guruhda peshqadamlik qilayotgan Argentina o'zidan keyingi o'rinda borayotgan Nigeriya bilan bahslashsa, avvalgi turda musobaqa bilan xayrlashgan Bosniya va Gercegovina qitamiz vakili Eronga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi o'yinda Nigeriyani durang ham qoniqtiradi. Argentina esa birinchi o'rinni o'zida saqlab qolish uchun kurashadi. 1994 yildan beri har ikkala jamoa jahon chempionatlarida to'rtinchi marta duch kelyapti. Bungacha Nigeriya barcha uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Lekin bu safar ular durang uchun astoydil harakat qilishadi, yo'qsa narigi o'yinda Eron g'alaba qozongudek bo'lsa, forslar keyingi bosqichga yo'l olishadi.



JCH-2014. “F” guruhi. 3-tur
NIGERIYA – ARGENTINA
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)

Taxminiy tarkiblar

Nigeriya: Enyama - Embrouz, Yobo, Oboabona, Oshaniva - Mikel, Onazi - Musa, Odemvingi, Babatunde - Emenike

Argentina: Romero - Sabaleta, F.Fernandes, Garay, Basanta - Maskerano, Gago - Di Mariya, Messi, Lavessi - Aguero

Stiven Keshi (Nigeriya termasi bosh murabbiyi):
“SHogirdlarim o'yinga tayyor, biz kuchli raqibga qarshi o'zimizning eng yaxshi xususiyatlarni ko'rsatishimiz kerak. Guruhdan chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz”.

Alexandro Sabella (Argentina termasi bosh murabbiyi):
“Biz avvalo o'z o'yin uslubimizni yaxshilashimiz darkor. Hujumda ko'proq yorqin harakat qilishimiz lozim. Bugungi raqib hujumda juda yaxshi o'ynaydi, qolaversa qarshi hujumlarda ham chakki emas”.

Qiziqarli faktlar

-   Nigeriya mazkur jahon chempionatida o'z darvozasidan gol o'tkazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
-   Argentina guruh bahslarining oxirgi 14tasidan 11tasida g'alaba qozongan. To'plar nisbati 27-5
-   Argentina 1990 yil Kamerun bilan bahs olib borganidan beri Afrika jamoalariga yutqazmayapti



Osiyo qitasi vakili Eron guruhdagi oxirgi bellashuvni Bosniyaga qarshi o'tkazadi. Bosniya uchun dastlabki ikki mag'lubiyatdan keyin hammasi tugadi. Endi ular yurt shani uchun ham Eronni engishga urinib ko'rishadi. Eronda esa keyingi bosqichga chiqish uchun hali imkoniyat bor, shunday ekan forslar oxirigacha kurash olib borishadi. O'z tarixida birinchi bor mundialga chiqqan Bosniya safida yaxshi futbolchilar etarli, Jeko, Ibishevich, Misimovich, Pyanich kabi o'yinchilardan har narsa kutish mumkin.

Katta ehtimol bilan Eron bugun ham o'z omadini qarshi hujumlarda sinab ko'radi. Negaki Karlush Keyrush jamoani qabul qilib olganidan beri eronliklar ana shunday futbol o'ynashga o'rganib qolishdi. Xorij OAVda yozilishicha, Eron termasi bugungi bahsni ikki hujumchi bilan boshlashi mumkin ekan. SHunday bo'lgan taqdirda hujumda Guchannajodga Ansarifard yoki Jahonbaxsh ko'maklashadi.



JCH-2014. “F” guruhi. 3-tur
BOSNIYA – ERON
Bosh hakam: Karlos Karbalo (Ispaniya)

Taxminiy tarkiblar

Bosniya: Begovich - Muyda, SHunich, Spaxich, Lulich - Beshich, Medunyanin, Pyanich - Misimovich - Ibishevich, Jeko

Eron: A.Xagigi - Muntazori, Sodig'i, Hossayni, Puladi - Teymuryan, Nekunam - Haydari, Xaysafi, Dejaga - Guchannajod

Safet Sushich (Bosniya termasi bosh murabbiyi):
“Musobaqa boshlanmasidan oldin Eronga qarshi bellashuv biz uchun guruhdan chiqish-chiqmaslikni hal qiladi deb o'ylagandik, lekin hammasi boshqacha tus oldi. Biz guruhdan chiqa olmay ketayotganimizdan xafamiz. Lekin oxirgi bellashuvda g'alaba qozonmasak bo'lmaydi”.

Karlush Keyrush (Eron termasi bosh murabbiyi):
“Biz bugun eng qiyin uchrashuvni o'tkazamiz. Maqsadimiz bitta: Bosniya ustidan zafar quchib keyingi bosqichga yo'l olish”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика