So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

JCH-2014. "E" guruhi. SHakiriga atalgan kecha yoxud SHveycariya keyingi bosqichda Yangiliklar

JCH-2014. "E" guruhi. SHakiriga atalgan kecha yoxud SHveycariya keyingi bosqichda

Jahon chempionatining "E" guruhi ham yakun yasaldi. Kuchli jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishgan bo'lsa, ikki omadsiz jamoa musobaqani erta tugatishga majbur bo'lishdi.
Bu kvartetning so'nggi turida Gonduras - SHveycariya hamda Ekvador - Franciya jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

Gonduras - SHveycariya o'yini oldidan gondurasliklar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotishgandi. SHveycariya esa g'alaba qozonishi talab etilardi. Gonduras uchun ushbu o'yin katta ahamiyatga ega bo'lmagan bo'lsada, jamoa o'z muxlislari va mundialdan g'alaba qozonib qaytish maqsadida chiroyli va ochiq o'yinni raqiblariga taklif etishdi. SHveycariya esa ko'proq tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal bildi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Jerdan SHakiri o'zining kuchli va aniq zarbasi bilan uchrashuvdagi hisobni ochdi, 0:1.

Gonduras jamoasi o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ham hujumkorlikni pasaytirmadi va asosiy etiborni oldinga qaratishdi. Ottmar Xitcfeld jamoasi esa o'yinning 31-daqiqasida yana bir to'p kiritishga erishdi. Yana o'sha tinib-tinchimas Jerdan SHakiri jamoadoshi Drmichdan ajoyib pasni qabul qilib oldi va aniq zarbasi bilan o'zining ikkinchi golini kiritdi, 0:2.



Ikkinchi bo'limda ham Gonduras asosan hujumlar uyushtirdi. Lekin to'p kiritish yana shveycariyaliklarga nasib etdi. Uchrashuvni yuqori darajada o'tkazgan Jerdan SHakiri yana Drmichdan to'pni qabul qilib oldi va o'zining aniq zarbasi evaziga jamoasining uchinchi to'pini kiritib, uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
Jerdan SHakirining gollari SHveycariyani keyingi bosqichga yo'l olishini taminladi.



Dide Lesham jamoasi so'nggi turgacha masalani hal etishganligi uchun, murabbiy Ekvadorga qarshi o'yinda dastlabki ikki turda zaxirada qolgan bazi futbolchilarni tushirdi. Ekvador esa g'alaba qozonish uchun bor kuch-g'ayratini ushbu bahsga sarfladi. Keskin kurashlar ostila kechgan bu uchrashuvda hech bir jamoa gol kirita olmadi. Har ikkala jamoada ham etarlicha vaziyatlar kuzatildi, lekin to'pni darvozaga kirgizadigan futbolchi topilmadi.  Murosasiz o'tgan o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.



SHunday qilib, ushbu guruhdan Franciya va SHveycariya jamoalari kutilganidek keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Deyarli barcha guruhlarda sensaciyalar qayd etilgan bo'lsa, bu kvartetda kutilmagan natijalar kuzatilmadi va oldindan keyingi bosqichga yo'l olishi taxmin qilingan jamoalar ishonchni oqlashdi.

JCH-2014. "E" guruhi, 3-tur uchrashuvlari.

EKVADOR - FRANCIYA 0:0
01:00. Rio-de-Janeyro. "Marakana" stadioni.
Bosh hakam
: Numandiz Due (Kot-d'Ivuar).

Ekvador
: Domingez, Paredes, Guagua, Eraso, Ayovi, Arroyo (Achilier, 82), Minda, Noboa (Kaysedo, 89), Antonio Valensiya, Montero (Ibarra, 63), Enner Valensiya.

Franciya
: Loris, Sanya, Koselni, Saxo (Varan, 60), Din, SHneyderlin, Pogba, Matyuidi (Jiru, 67), Remi, Grizmann (Remi, 79), Benzema.

Ogohlantirish
: Erazo (83).

CHetlatish: Antonio Valensiya (50)


GONDURAS - SHVEYCARIYA 0:3
01:00. Manaus. "Amazoniya" stadioni.
Bosh hakam:
Nestor Pitana (Argentina).

Gollar: SHakiri (6, 31, 71)

Gonduras: Valladares, Figeroa, Bernandez, X.Garsiya, Palasios, Bengston, Kostli (J.Palasios, 40), B.Garsiya (Najar, 77), Espinoza, Klaros, Bekeles.

SHveycariya: Benalo, Lixshtayner, Inler, Jaka (Lang, 77), Behrami, Rodrigez, Mehmedi, Drmich (Seferovich, 72), Juru, SHaer, SHakiri (Jemayli, 87).

Ogohlantirish: J.Palasios (66).


"E" guruhi
yakuniy jadvali.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Franciya32108 - 267
2SHveycariya32017 - 616
3Ekvador31113 - 304
4Gonduras30031 - 8-70

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика