So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  5 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  18 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  7 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

JCH-2014. Braziliya – Meksika. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya – Meksika. PREVYU

Bugun Braziliya – Meksika bahsi bilan jahon chempionatining guruh bosqichi 2-tur bahslariga start beriladi.
Ushbu juftlikda g'olib chiqqan jamoa 6 ochkoga ega bo'lib, guruhdan chiqish masalasini hal etadi.

JCH-2014. “A” guruhi. 2-tur
BRAZILIYA – MEKSIKA
Fortaleza. “Kastelan” stadioni
Bosh hakam: Juneyt CHaqir (Turkiya)

Taxminiy tarkiblar

Braziliya: Julio Sezar - Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo - Luis Gustavo, Paulino - Bernard, Oskar, Neymar - Fred.

Meksika: Ochoa - Agilar, Rodriges, Markes, Moreno, Layun - Vaskes, Errera, Guardado - Dos Santos, Peralta

Jarohat olganlar: Xalk (so'roq ostida)
Diskvalifikaciya: yo'q



Har ikkala jamoa ham JCHda o'zining ilk o'yinida zafar quchdi. Braziliya Xorvatiyani 3:1 hisobida enggan  bo'lsa, Meksika Kamerunni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Braziliya o'zining ilk g'alabasiga osonlikcha erishgani yo'q. Jamoa ancha qiynaldi. Oxirgi gol so'nggi daqiqalarda kiritildi, bundan tashqari Fredga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng penalti berilishi ko'plab tortishuvlarga sabab bo'ldi. Umuman olganda, Luis Felipe Skolari shogirdlari ko'rsatgan futbol yarq etib ko'zga tashlanmadi.

Bugun esa muxlislar “pentakampeonlar”dan yanada chiroyli o'yin va navbatdagi g'alabani kutishmoqda. Ko'pchilik Fred, Xalk, Paulino kabi futbolchilarni o'ynatish kerak emas deyayotgan bo'lsa-da, lekin Skolari har o'yinda boshqa tarkibni tushiradigan murabbiylar sirasiga kirmaydi. Masalan, 2002 yilgi mundialda ham Skolari boshchiligidagi jamoa deyarli bir xil tarkib bilan o'ynab yakunda chempionlikni qo'lga kiritgandi.



Bugungi bahsni jarohati sabab Xalk o'tkazib yuborishi mumkin, agar shunday bo'lsa, uning o'rnini Bernar yoki Villian egallaydi. Meksika terma jamoasi bugun o'yinni deyarli o'zgarishlarsiz boshlaydi. Meksika tanlagan 5-3-2 taktik sxemasi Kamerun bilan o'yinda ish berdi, shunday ekan, bosh murabbiy Migel Errera bu safar ham shu uslubda qolsa kerak. Garchi Meksika avvalgi turda 1:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa-da, yaxshi o'yin namoyish etdi.

Luis Felipe Skolari (Braziliya termasi bosh murabbiyi):
“Bizda har doim Meksika bilan bo'ladigan o'yinlarda muammolar yuzaga keladi. Raqib yaxshi shakllangan jamoa va bu safar ham ularga qarshi to'p surish oson kechmaydi. O'tgan yil Konfederaciyalar Kubogida ham qiyin uchrashuv o'tkazgandik”.

Migel Errera (Meksika termasi bosh murabbiyi):
“Biz Braziliya terma jamoasiga har doim hurmat bilan qaraymiz. SHunday bo'lsa-da, himoyalanib vaqtni o'tkazmoqchi emasmiz. To'g'ri, biz uchun gol o'tkazib yubormaslik birinchi galdagi vazifa hisoblanadi, biroq yutish uchun hujum qilishimiz shart”.

O'zaro o'yinlar: 38 uchrashuv +22=6-10 71:36
Oxirgi uchrashuv: 19.06.2003. Braziliya - Meksika 2:0 (Neymar, Jo)



Qiziqarli faktlar
Braziliya Meksika ustidan oxirgi o'nta o'yinning hammasida g'alaba qozongan, to'plar nisbati 33-3
Braziliya o'z maydonida 2002 yilning avgustidan beri mag'lub bo'lmayapti.
Meksikalik Oribe Peralta terma jamoasining oxirgi ettita rasmiy bahsida 9ta gol urdi

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика