So’nggi yangiliklar

10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   0 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0

JCH-2014. Balotelli Italiyaga Angliya ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

JCH-2014. Balotelli Italiyaga Angliya ustidan g'alaba keltirdi

Jahon chempionati doirasidagi Italiya - Angliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yining 3-daqiqasida Sterling chamasi 20 metrlardan darvozaga zarba berdi, to'p Sirigu qo'riqlayotgan darvoza to'rining tashqi tomoniga tegib qaytdi, jahonga mashhur BBC telekanali bu vaziyatda gol bo'ldi deb hisobni 1:0ga o'zgartirdi. Ikki daqiqa o'tgacha Xendersoning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Sirigu qaytardi.

19-daqiqada Kandrevaning 20 metrlardan darvozaga yo'llagan zarbasi Xart uchun kutilmagan bo'lib chiqdi, Jo to'pni qaytardi, lekin ushlab qololmadi.



34-daqiqada burchak to'pidan so'ng to'p Pirlo tomonga borayotgandi, Andrea to'pni nafis, ohista harakat bilan o'tkazib yubordi. Uning ortida turgan Markizio kuchli va aniq zarba bilan Jo Xartni ojiz qoldirdi - 0:1.

Uch daqiqadan so'ng Ueyn Runi chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga oshirdi, ikki himoyachidan o'tib ketgan to'pni Starrij darvozaga joylab qo'ydi - 1:1. Qizig'i bu vaziyatda golni nishonlash chog'ida jamoa fizioterapevti Gari Levin oyog'ini qayrib oldi, uni shifoxonaga olib ketishdi.  

Dastlabki bo'lim so'nggida Mario Balotelli to'pni jarima maydoni ichida egallab oldi, Xart darvozasini tashlab chiqib ketdi, buni ko'rgan hujumchi chiroyli tarzda to'pni darvozaga yo'lladi, ammo Fil Jagielka boshi bilan o'z jamoasini goldan qutqarib qoldi!



50-daqiqada o'ng qanotdan Kandreva chap oyog'i bilan to'pni havodan darvoza yoniga oshirdi, barchadan baland sakragan super Mario boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:2.

Angliyada hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Jumladan, Runi jarima maydoni ichidan noaniq zarba berdi. 76-daqiqada Beynsning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini Sirigu qaytardi.

So'nggi daqiqalar o'tib borayotganda Pirlo jarima zarbasini ijro etdi, bu vaziyatda to'p ajoyib traektoriya hosil qilib darvoza to'siniga tegib qaytdi.

SHunday qilib italyanlar ilk turda asosiy raqiblardan birini mag'lub etishdi.

 


ANGLIYA – ITALIYA 1:2
15 iyun. 03:00
Bosh hakam:
Born Kuypers (Gollandiya)
Yordamchi hakamlar: Sander Van Rokel (Gollandiya), Ervin Zeinstra (Gollandiya)
Zaxira hakami: Valter Lopez (Guatemala)

Angliya: 1.Jo Xart, 2.Glen Jonson, 3.Lleyton Beyns, 4.Stiven Jerrard, 5.Gari Kexill, 6.Fil Jagielka, 9.Daniel Starrij (20.Adam Lallana, 80), 10.Ueyn Runi, 11.Dani Uelbek (21.Ross Barkli, 62), 14.Jordan Xenderson (7.Jek Uilsher, 73), 19.Rahim Sterling.

Italiya: 12.Salvatore Sirigu, 3.Jorjo Kellini, 4.Matteo Darmian, 6.Andrea Kandreva (18.Marko Parolo, 80), 8.Klaudio Markizio, 9.Mario Balotelli (17.CHiro Immobile, 73), 15.Andrea Barcali, 16.Daniele De Rossi, 20.Gabriel Paletta, 21.Andrea Pirlo, 23.Marko Verratti (5.Tiago Motta, 57).

Gollar: Klaudio Markizio, 35 - 0:1. Daniel Starrij, 37 - 1:1. Mario Balotelli, 50 - 1:2.

Ogohlantirish: Sterling 90.


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kosta-Rika11003 - 123
2Italiya11002 - 113
3Angliya10011 - 2-10
4Urugvay10011 - 3-20



Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика