So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Jamshid Saidov: "PRO kursidagi o'qish "Mashal"dagi ishimga halaqit bermaydi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "PRO kursidagi o'qish "Mashal"dagi ishimga halaqit bermaydi"

"Buxoro" jamoasida murabbiylik qilib kelayotgan Jamshid Saidovning mavsum tugaganidan so'ng klubni tark etganidan xabaringiz bo'lsa kerak.
Yosh murabbiy ayni damda Toshkentda bo'lib o'tayotgan PRO murabbiylik kursida tahsil olmoqda. SHunga qaramay, Saidovga "Mashal" jiddiy taklif bilan chiqdi. Endilikda 35 yoshli murabbiy "Mashal" yoshlar jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Muborakdagi safarimiz chog'ida Saidovni suhbatga tortdik.

- Jamshid aka, oxirgi paytlarda "Mashal"da faoliyat yuritishingiz xususida ko'p gapirilmoqda. Ammo rasman ish boshlamagansiz. PRO kursldarida o'qishni davom ettirmoqdasiz. Aytingchi, gazchilar rahbariyati sizni qachon ishga taklif etgandi?
- "Buxoro"da murabbiylar shtabi istefoga chiqqanidan so'ng "Mashal" rasmiylari bundan xabar topgan ko'rinadi. CHunki buxoroliklar bilan orani ochiq qilganimdan so'ng, dastlab Aleksandr Xomyakov qo'ng'iroq qilib jamoasiga taklif etdi. Keyinchalik esa jamoa ijrochi  direktori Ilhom Qurbonov men bilan aloqaga chiqib, kelasi yil murabbiylar shtabida ishlash taklifini o'rtaga tashladi.

- "Mashal" siz uchun begona jamoa emas. Sababi ilgari ham Muborakda ishlagansiz. To'g'rimi?
- Ha, albatta. Takidlab o'tganingizdek bu erda oldin ham faoliyat yuritganman. SHuning uchun bu borada uzoq o'ylanib o'tirmadim va labbay deya javob berdim. Jamoada ishlash uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Faqat ishlash talab etiladi.

- Jamoadagilar qaytishingizni qanday qarshi olishdi?
- Hammasi yaxshi. Muammo yo'q. Bu erda men bilgan insonlar ko'p. O'rtada o'zaro ishonch bor.

- Kelasi yil yoshlar jamoasiga ustozlik qilishingiz to'g'risida malumotga egamiz. Aytingchi yig'in qachondan boshlanadi?
- Rejaga ko'ra, yanvar oyining dastlabki haftasidan boshlaymiz.

- PRO kursi aprel oyiga qadar davom etishini inobatga oladigan bo'lsak. Bu yangi jamoangizdagi ishingizga tasir o'tkazmaydimi?
- Menimcha unday bo'lmaydi. CHunki bu erda mendan tashqari mahalliy yigitlarning imkoniyatini juda yaxshi biladigan murabbiy Dilshod Andaev ham bor. O'ylaymanki yordamchilarim men yo'qligimda ishni davom ettirib turaverishadi.

- Yangi mavsumda sizga assisentlik qiladigan bo'ldi?
- Hozircha bu masala to'liq hal etilgani yo'q. Nomzodlar etarlicha topiladi. Faqat yangi yilda aniq bo'lsk kerak.

- "Mashal" yoshlar jamoasiga avvalgi ish joyingiz bo'lmish Buxorodan ham istedodli futbolchilarni jalb etishingiz mumkinmi?
- Menimcha yo'q. CHunki Muborakdagi akademiyadan etishib chiqayotgan o'yinchilar talaygina. Boz ustiga yoshlar jamoasida o'yinchilarni olib yurish yaramaydi. Asosiy tarkib bo'lsa ham boshqa gap edi.


Islombek Rustambekov, Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика