So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Jamshid Iskanderov: "Bu yutuq butun "Paxtakor"niki" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "Bu yutuq butun "Paxtakor"niki"

Bugun O'FF anjumanlar zalida 2014 yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir hamda o'tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o'tkazildi.
"Paxtakor"ning istedodli futbolchisi Jamshid Iskanderov o'tgan yil yakunlariga ko'ra, "O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Tadbir yakunida ushbu yarim himoyachidan intervyu oldik.

- Jamshid, avvalambor qo'lga kiritilgan sovrin bilan tabriklaymiz. Taassurotlar qanday?
- Juda xursandman. Meni eng yaxshi deb topishganidan mamnun bo'ldim. Bu nafaqat mening, balki butun jamoamizning yutug'i bo'ldi deb ayta olaman. O'z muxlislarimizni xursand qilish maqsadida o'tgan yil bir nechta yaxshi o'yinlarni o'tkazib, oliy liga chempioni bo'ldik. SHu tufayli ham "O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi" sifatida topildim degan fikrdaman.

- Bu sovrin qo'lga kiritilishida jamoadoshlaringizdan kimlarning xizmati ko'p bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Butun jamoaning hissasi katta bo'ldi deya olaman. Bu yutuq butun "Paxtakor"niki.

- "Paxtakorchilar"dan uch kishi eng yaxshi bo'lishdi. Xususan, Samvel Babayan eng yaxshi murabbiy, o'z vaqtida shu jamoada to'p tepgan Odil Ahmedov eng yaxshi futbolchi, qolaversa siz ham nufuzli sovringa ega chiqdingiz? Bunda qandaydir bog'liqlik bormi?
- Bularning hammasi "Paxtakor" futbol klubi olib borayotgan mehnat samarasi deb bilaman.

- Sizni oxirgi paytlarda Sardor Rashidov bilan ko'p bor taqqoslashyapti. Bu o'zingizga qanday tasir o'tkazadi?
- Bundan faqat xursand bo'laman. Bu menga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi va yanada yaxshi o'ynashga undaydi.

- Kim kuchli ekanligini isbotlashga harakat qilasizmi?
- Futbolchilar o'rtasida raqobat qancha kuchli bo'lsa, shuncha yaxshi. Xuddi Rashidov kabi men ham doim chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishga intilaman.

- O'tgan yilni esga olsak, qaysi uchrashuvlar yodda qoldi?
- Alohida bir o'yinni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Menga hamma ko'rsatgan o'yinimiz, shuningdek yakunda chempion bo'lganimiz yoqdi. 2014 yil davomida oson o'yin bo'lmadi.

- "Paxtakor"ning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- Ikkita o'yindan so'ng to'rt ochkoga egamiz va birinchi galdagi vazifa guruhdan chiqish hisoblanadi. Nasib qilsa, OCHLda ham muxlislarni xursand qilamiz.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика