So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Jahon chempioni Filipp Lam bilan suhbat Yangiliklar

Jahon chempioni Filipp Lam bilan suhbat

Germaniya terma jamoasining sobiq sardori va "Bavariya" etakchisi Filipp Lam klub rasmiy saytiga intervyu berdi.
fcbayern.de: "Bambi" mukofoti bilan tabriklaymiz! Sovrin hozir qaerda turibdi?
Lam: “Uyda, mehmonxonada”.

fcbayern.de: “Bambi”, “Kumush faxriy yorliq”, Jahon kubogi, “Kumush lagan”, Germaniya kubogi – bular sen 2014 yilda qo'lga kiritgan sovrinlar! Barcha titullaringni qaerda saqlaysan?
Lam: “Menda medal va sovrinlarni saqlaydigan alohida katta quti bor”.



fcbayern.de: Aren Robben faoliyatini yakunlaganidan so'ng sovrinlarini saqlash uchun shaxsiy muzey ochmoqchi. Senda ham shunga o'xshash rejalar bormi?
Lam: “SHaxsiy muzey? Yo'q, men bu haqida o'ylab ko'rmaganman. Yaxshisi barchasini “Bavariya”ning muzeyiga topshiraman".

fcbayern.de: Faoliyating davomida o'yinlardan so'ng almashadigan futbolkalarni o'zing uchun saqlab borasanmi?
Lam: “Juda ko'p futbolkalarni o'zimga olib qolaman. Bazilarini esa yaqinlarim, do'stlarim so'rashsa, bajonidil beraman. Uchrashuvdan so'ng almashgan futbolkalarimni ko'pchiligi jovonimdan o'rin olgan”.



fcbayern.de: Ular ichida sen uchun eng qadrlisi bormi?
Lam: “Yo'q. Men hammasini juda qadrlayman. Asosan do'stlarim bilan futbolkalarni almashtirganman. Andri Ottl bilan almashgan futbolkam va boshqa terma jamoada birga o'ynagan o'rtoqlarimni futbolkalarini yig'ib boraman”.

fcbayern.de: Filipp Lam terma jamoalar o'yinini qay tarzda tomosha qilmoqda?
Lam: “Juda erkin”.

fcbayern.de: Oyoqlarni stolga qo'yib...?
Lam: “Aslo yo'q. Men bolalarim tarbiyasini buzib qo'yishni istamayman. SHu bois, tartibli o'tiraman va oilam davrasida miriqib o'yinni tomosha qilaman”.

fcbayern.de
: Germaniya terma jamoasi uchrashuvlarini televizorda ko'rish qanday?
Lam: “Normal holat. Men "nemis mashinasi"dagi faoliyatimni tugatish haqida mundial paytida emas, balkim undan sal avvalroq o'ylagandim va qaror qabul qilingan edi. Lekin men hali futbolchilik faoliyatimga yakun yasaganim yo'q. Men bilaman, hozir televizor qarshisida futbol ko'rayotgan bo'lsamda, bir hafta o'tib yana “Alyanc Arena”da jonajon klubim safida maydonga tushaman.



fcbayern.de: Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, dam olmoqdamisan?
Lam: “Ha, bo'sh kunlarga ega bo'lish yoqimli bo'lmoqda. Futboldan biroz chekinib, oilamga vaqt ajrata olayotganimdan xursandman. So'nggi yillarda faqat maydonda to'p tepish bilan band bo'lib qolayotgandim”.

fcbayern.de: Tvitterda bir ishqiboz senga savol yo'llabdi. O'g'ling seni izingdan borib, otasidek qanot himoyachisi bo'lishini xohlarmiding?
Lam: “Menga farqi yo'q. Uning o'ziga erkinlik yaratib beraman va qaysi kasbni tanlashini o'zi hal etadi. Futbol o'ynashga majburlash niyatim yo'q. O'g'lim kelajakda kim bo'lishini o'zi tanlashi kerak”.

fcbayern.de: Futbolchi bo'lmaganingda kim bo'larding?
Lam: “Futbolchi bo'lganimdan benihoyat xursandman. Futbolchi bo'lmaganimda kim bo'lishimni bilmadim”.

fcbayern.de: Yoshligingdagi sen yoqtirgan va unga o'xshashga harakat qilgan futbolching kim?
Lam: “Per Littbarski. O'shanda Germaniya mundial g'olibi bo'lgandi. SHu chempionat men ko'rgan ilk jahon chempionati bo'lgan.  Aynan shu chempionatda men uning o'yinlariga oshno tutingandim. Umuman olganda, u bilan o'xshash jihatlarimiz juda ko'p. Jismoniy tuzilishimiz ham juda yaqin.Balki shu uchun ham unga o'xshashni xohlagandirman”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика