So’nggi yangiliklar

16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  3 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  11 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  7 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8

“Zenit” – “Lahviya” o'yini haqida Yangiliklar

“Zenit” – “Lahviya” o'yini haqida

Teglar :  ZenitLahviya
Kecha Dohada yig'in o'tkazayotgan Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Qatarning “Lahviya” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:30 da boshlandi. Uchrashuv “Aspire” akademiyada o'tkazildi. O'yin boshlanishiga bir soat qolganda hamkasblar bilan o'sha erda hozir bo'ldik, bundan maqsad akademiyani kuzatish, u erdagi maydonlarni suratga va tasvirga tushirish edi. Tasvirlarni bugungi kundalikda ko'rdingiz, suratlarni esa shu erda tomosha qilishingiz mumkin.


Ushbu maqolada “Aspire” akademiyasiga to'xtalmaslikka qaror qildim, chunki bu alohida mavzu. Ushbu akademiya haqida keyingi maqolada o'qishingiz mumkin bo'ladi.
Uchrashuv o'tadigan maydonga yaqinlashar ekanmiz yonginamizdan “Zenit” futbolchilari maxsus “Elektromobil”larda o'tib ketishdi, ularning kayfiyati alo darajada. Stadionda hamma Xalkni qidirar, omadi chopgan muxlislar u bilan selfi qilishga ulgurishdi. Ulgurmaganlar esa “Zenit”ning qolgan yulduzlari bilan selfi tushishdi.


Oddiygina nazorat uchrashuvi tashkilotchilik jihatidan yuqori darajada o'tkazildi. “Zenit” operatorlari jamoaning rasmiy kanali uchun o'yinni to'liq tasvirga tushirishdi, klub rasmiy saytida matnli translyaciya qilindi. Bundan tashqari, mahalliy gazetalardan jurnalist va fotograflar o'yinni bevosita kuzatib borishdi.

O'zbekistonlik muxlislar

Bellashuvning qaerda va qaysi vaqtda o'tishi avvaldan malum bo'lgani uchun o'zbekistonlik muxlislar ham o'yinga borishdi. Borganda ham hammani qoyil qoldirishdi. Klarnet yordamida ruslarning “Katyusha”sidan tortib arabcha musiqalargacha yangradi. Ko'proq “Zenit” qo'llab turilgan bo'lsa, “Lahviya”ni ham unutishmadi muxlislarimiz. Bizning muxlislarga qo'shilib qolganlar ham raqsga tushishdi. Ularning raqslari esa futbolchilarni ham befarq qoldirmadi. Xalk, Danni, Vitsel, Xavi Garsiya kabi yulduzlar o'zbekistonlik muxlislarning qo'shiq va raqslarini tomosha qilishdi. O'z navbatida mahalliy gazetalardan birining muxbiri muxlislarimizni suratga oldi va o'zi ishlaydigan gazetada chiqarishini aytdi.


O'yin

Jamoalar o'yinni hotirjamlik bilan o'tkazishdi. Xalk birinchi golini kiritgunga qadar maydon aytarli ko'rinmadi, birgina vaziyat, birgina yurish va gol. Mana shuni klass deyishsa kerak. Ikkinchi golida ham Xalk sovuqqonlik bilan to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi, maydonda ko'rinmay yurib ikkita gol urishni hamma ham eplolmaydi. Xalk aynan ikkinchi golidan so'ng maydonda ekanligini ketma-ket eslata boshladi. Ikki vaziyatda uning zarbasiga himoyachilar peshvoz chiqishdi. Jamoa o'yinida belgiyalik Aksel Vitselning o'rni beqiyos. U himoya va hujumni bog'lashda jamoadagi benazir futbolchi, markazni o'ziniki qilib oldi, ko'proq Xalk bilan kombinaciyalar uyushtirishga urindi. Xalk, Danni, Oleg SHatov uchligi istalgan vaqtda keskin hujumni yuzaga keltirishi mumkin.


“Lahviya” jamoasi esa “Zenit”dek jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi. O'yinchilarining to'p oshirishlari “gramotnyy”, dioganal va kesma paslardan tez-tez foydalandi. O'ng qanotidagi yarim himoyachisi juda tez. “Bunyodkor” OCHL saralashidan o'ta olsa guruhda “Lahviya”ga qarshi o'ynaydi. Esingizda bo'lsa o'tgan mavsum “Qaldirg'ochlar” bu jamoaga har ikki o'yinda ham yutqazishgan edi. “Lahviya” bu o'yini bilan OCHL da muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonsa bo'ladi.


Tolibjon Qosimov
Doha, Qatar

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика