So’nggi yangiliklar

16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  2 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  0 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2

Zenan Zaymovich: "So'g'diyona"da nechta gol uraman? Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Lekin..." Yangiliklar

Zenan Zaymovich: "So'g'diyona"da nechta gol uraman? Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Lekin..."

"So'g'diyona" jamoasi kecha Turkiya yig'ini doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

"So'g'diyona" Serbiya klubi bilan durang qayd etdi

Serbiyaning "Jeleznichar" jamoasi raqib vazifasini o'tagan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Jizzaxliklarning o'yindagi yagona goliga bosniyalik hujumchi Zenan Zaymovich mualliflik qildi. O'yindan so'ng u saytimizga kichik intervyu berdi. 

- "Jeleznichar" bilan o'yin haqida...

- Birinchi o'yin hech qachon oson o'tmaydi. U rasmiy yoki o'rtoqlik bo'lsin start baribir qiyin bo'ladi. O'yindan-o'yinga barchasi joyiga tushib boradi, deb o'ylayman.

- "So'g'diyona"ga kelganingizga 2 haftadan oshdi. Moslashish jarayonidan o'tyapsizmi?

- Moslashish juda yaxshi ketyapti. Murabbiylar, futbolchilarning ko'magini his qilyapman. Ikkinchi qadam bu til o'rganish. Futbolda terminlar bir hil qo'llaniladi. Lekin o'zaro muloqotda baribir men o'ynayotgan mamlakat tilini biroz bilish kerak. 

- Malumotlarga qaraganda sizda Belgiya, Bosniya va Gercogovina fuqaroligi bor. Aslida qaysi mamlakatda tug'ilgansiz?

- Belgiyada tug'ilganman. futbolchilik faoliyatimni esa "Antverpen" yoshlar jamoasida boshlaganman. SHu vaqtgacha professional faoliyatim davomida Xorvatiya, Bosniya va Gercogovinada to'p tepganman. O'zbekiston men uchun yangi sarguzashtlar, o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rish imkoniyati. 

- "So'g'diyona"ga qanday kelib qoldingiz?

- Klubdagilar taklif bilan chiqdi, xohish-istaklarim bilan qiziqdi. Rozi bo'ldim. Hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Oldingi chiziqda ko'p vaziyatlar yaratamiz. Bu hujumchi uchun juda yaxshi. 

- O'zbekistonda o'ynagan 3 nafar hamyurtlaringizni sanab beringchi?

- Samir Bekrich ("Bunyodkor"), Kerim Palich ("Metallurg"), Darko Markovich ("Paxtakor") ligangiz haqida malum bir malumotlarni aytishdi. 

- Hujumchidan tabiiyki birinchi navbatda gol kutiladi. Legioner bo'lsa bu bosim ikki hissa ortadi. 2023 yilda nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Gollar soni borasida oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Ammo o'yindan zavq olib harakat qilsangiz golni o'zi keladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика