So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Zaif eshituvchilar o'rtasidagi 4-Osiyo chempionati. O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:5 Yangiliklar

Zaif eshituvchilar o'rtasidagi 4-Osiyo chempionati. O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:5

Teglar :  Zaif eshituvchilar
O'zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish Janubiy Koreyaga yo'l olgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Janubiy Koreyaning CHangvun 4-Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Murodjon Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning “A” guruhida Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. "V" guruhida esa Eron, Tayland, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Ummon termalari kurash olib bormoqda.

Vakillarimiz dastlabki ikkita o'yinda mag'lub bo'lishgandi. Yaponiyaga qarshi 0:2, Malayziyaga qarshi esa 2:4 hisoblari qayd etilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

2 may kuni vakillarimiz guruhdagi so'nggi uchrashuvda musobaqa mezbonlari Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishdi. Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilariga 0:5 yutqazib, mag'lubiyatlar sonini 3 taga etkazib olishdi.

Musobaqa formatiga ko'ra ikkita guruhdagi 9ta jamoa ichida dastlabki 5ta o'rinni egallagan jamoalar Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

Endi vakillarimiz ertaga 4 may kuni "V" guruhidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика