So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" Yangiliklar

Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi Zafarmurod Abdirahmatov terma jamoa Toshkentga etib kelganidan so'ng olimpiya o'yinlari haqida fikr bildirdi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Parijdagi olimpiadada o'z ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytdi. Olimpiada musobaqasi qanday o'tdi?

- Avvalambor butun xalqimizdan uzr so'raymiz. Maqsadimiz guruhdan chiqish edi, biz esa buni bajara olmadik. Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik xolos. Ushbu musobaqadan juda katta tajriba to'pladik. Keyingi musobaqalarda yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz.

- Olimpiada musobaqasi qanday ekan? Mintaqaviy turnirlardan farqi nimada? Olimpiadada sport turlari juda ko'p va sportchilar ham alohida shaharchada yashashadi.

- Bu katta turnir hisoblanadi. Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi yirik musobaqa. Etibor juda katta va futbol ham oddiy bir sport turi hisoblanar ekan.

- Tashkiliy ishlar bo'yicha muammolar bo'ldimi?

- Yo'q. Bizdan faqat yaxshiroq futbol o'ynash talab etilar edi xolos.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика