So’nggi yangiliklar

14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  1 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  3 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   9 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  2 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  13 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  21 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  1 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  3 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  8 09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  4 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  1 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   8

Zafarmurod Abdirahmatov: "Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirishni istamadi" Yangiliklar

Zafarmurod Abdirahmatov: "Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirishni istamadi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov Misrdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda halqimizdan kechagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, har doim ham bizning rejalar amalga oshavermadi. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirmadi. Demak, nasib qilmagan ekan. Misr ham yaxshi himoyalandi va g'alati urilgan gol o'yin natijasini hal qildi.

- Birinchi o'yinga qaraganda yomonroq o'yin o'tkazdik. Ikkinchi tur bahsida bizga nimalar etishmadi deb o'ylaysiz?

- Kechagi bahsda bizga faqatgina gol etishmadi. Qolgan jihatlarda ustunlik bizda edi. Misr terma jamoasi Ispaniya farqli tarzda ko'proq himoyaga va qarshi hujumga tayangan holda o'ynadi.

- Misr terma jamoasi bizdan kuchliroq edimi?

- Misr olimpiya terma jamoasini kuchli demagan bo'lardim. CHunki biz hech qaysi jihatda raqibga yutqazmadik, faqatgina hisobdagi ustunlik ular tomonda bo'ldi.

- Uchrashuv yakunlanganidan so'ng kiyinish xonasidagi holat qanday edi?

- O'yindan keyin kayfiyat yaxshi emas edi. Bosh murabbiyimiz bundan ham yaxshiroq ishtirok etishga qodir ekanligimizni takidlab o'tdilar. Barcha mag'lubiyat tasirida edi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerakligi ham muhokama qilindi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizni ajoyib tarzda qo'llab quvvatlashdi. Keyingi musobaqalarda va Olimpiya o'yinlarida yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz va yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика