So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  11 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  135 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  2 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  1 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  2 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  14 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  9 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

Zafar To'raev: "Birinchi o'yin bizga juda muhim" Yangiliklar

Zafar To'raev: "Birinchi o'yin bizga juda muhim"

Teglar :  Zafar To'raevMashal
Bugun "Mashal" Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi Oliy liganing 1-tur bahsini o'tkazadi.

Ushbu o'yin oldidan "Mashal" klubi etakchisi Zafar To'raev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun bizni jiddiy raqib kutmoqda. Birinchi o'yin ahamiyati juda ham yuqori. Bu mavsumni boshlanishiga katta tasir o'tkazadi. Kayfiyat ham shunga munosib davom etadi. Navoiyga biz faqat g'alaba uchun kelganmiz. Kerakli natijani qo'lga kiritish uchun barchamiz birga harakat qilamiz" - deydi Zafar To'raev.

- Raqib bilan o'yin statistikasi haqida xabarga egamisiz?

- Bu men uchun unchalik ahamiyatga ega emas. Natijalar unutildi oldinda bizni o'yin kutayapti. Xabarim bor jamoamiz uzoq yildan buyon Navoiyda mag'lub bo'lmagan. Biz ham shu ananani davom etishini istaymiz. Buning uchun barchamiz bir inson bo'lib kurashishimiz lozim.



- Jamoamiz o'zagi saqlab qolindi. Raqib esa bir necha mahoratli futbolchilar bilan safini to'ldirdi. Bu borada fikrlaringiz qanday?
- Hozirgi kunda eng muhim jihatlardan biri tarkibni saqlab qolish hisoblanadi. O'zgargan tarkib yaxshi natija ko'rsatishi uchun vaqt kerak bo'ladi. SHundan foydalanishimiz kerak. To'g'ri, "Qizilqum"ga Ilhom Yunusov kabi juda ham mahoratli futbolchi kelib qo'shilgan lekin bizning safimizga ham G'ulom Haydar G'ulomov, Avaz Agaliev, SHahboz Erkinov kabi futbolchilar ham kelib qo'shilgan.

- Bugungi o'yin ahamiyati jihatidan "Qizilqum" uchun ikki barobar bo'ladi. Boisi ular ochilish uchrashuvida muxlislari qarshisida o'ynaydi. Bu yigitlarimizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

- Bunday deb o'ylamagan bo'lar edim. Negaki bizda bosim nisbatan kamroq bo'ladi. Bugungi o'yinda bitta xato qilgan jamoa mag'lub bo'ladi.


"Mashal" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика