Zafar Polvonov “jo'jalarni kuzda sanaydigan” hujumchi
16 apr 2014 08:01
Yangiliklar

Zafar Polvonov “jo'jalarni kuzda sanaydigan” hujumchi
So'ngi paytda “Olmaliq” hujumchisi – 29 yoshli Zafar Polvonov o'tgan yilgi to'purarlik qobiliyatini ko'rsata olmayotganligi haqida OAVda ko'p bong urilmoqda.
Futbolchini olmaliqliklar bosh murabbiyi Igor SHkvirin ham tanqid qilyapti. Lekin, Zafarning faoliyatidagi gollarga oid ko'rsatkichlarni yaxshilab o'rganib chiqadigan bo'lsak, hozirgi vaziyatni normal holat sifatida qabul qilish lozim.
Polvonov o'zining aksariyat gollarini doimo chempionatning ikkinchi yarmida kiritib kelgan. Buni aniq raqamlarda ko'rib chiqamiz.
Polvonov 2014 yilgi oliy ligada jamoasining barcha o'yinlarida ishtirok etdi. Yani 5 uchrashuvda. SHularni qo'shib hisoblaganda, Zafar 2005 yildan buyon ayni kungacha oliy ligamizda jami 151ta o'yin o'tkazib, ularda 41ta gol urgan. Hujumchi uchun oliy ligada bu yil o'ninchi mavsum ketyapti. Polvonov shu davr mobaynida, alohida chempionatlar bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, yil davomida uch marotaba 5 va undan ko'p gol ura olgan. Faqat milliy chempionat bellashuvlari nazarda tutilyapti.
2010 – 9ta (“Xorazm” safida)
2012 – 7ta (“Dinamo”/“Olmaliq”, 1+6)
2013 – 14ta (“Olmaliq”)
Futbolchi sermahsullik qilgan ushbu mavsumlarda u kiritgan gollar 1- va 2-davralar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:
2010 – 2/7; shu jumladan – barcha 9 golni 23 maydan keyingi turlarda kiritgan.
2012 – 1/6; shu jumladan – barcha 7 golni 14 iyundan keyingi turlarda kiritgan.
2013 – 5/9; shu jumladan – bu gollardan 12tasini 30 maydan keyingi turlarda kiritgan.
Yuqoridagilardan yaqqol ko'rinib turibdiki, Zafar Polvonovdan ketma-ket gollar doimo bahorning oxiri yoki yozda va ayniqsa – kuzda kuzatilmoqda. SHuning uchun, uni hozircha tanqid qilmaslik maqul. CHunki u “jo'jani chindam ham kuzda sanaydiganlar” toifasidan. Biroq hujumchi, gap borayotgan u uchun yomon ananaga zid tarzda, to'p kiritishni 6-turda “Qizilqum” bilan Olmaliqdagi o'yinda amalga oshirsa, bundan, tabiiyki, SHkvirin ham, uning jamoasi ishqibozlari ham xursand bo'lishadi. Albatta Zafarning o'zi ham. Agar haqiqatdan ham shunday bo'lsa, Polvonov bu yilgi ilk golini mazkur maqolaga bag'ishlab yuboradimi hali...
Zafar, hali hammasi oldinda!
Ulug'bek Mirzaev

Fikrlar