So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Zafar Polvonov: “Olmaliq”ning Turkiyadagi yig'ini ko'ngildagidek o'tmoqda” Yangiliklar

Zafar Polvonov: “Olmaliq”ning Turkiyadagi yig'ini ko'ngildagidek o'tmoqda”

“Olmaliq” klubi ayni paytda Turkiyada xorijiy yig'inni o'tkazayotganidan xabardorsiz. Biz klub hujumchisi Zafar Polvonov bilan aloqaga chiqib qisqa intervyu oldik.
- Zafar aka, “Olmaliq”ning Turkiya yig'inida asosiy etibor nimalarga qaratilyapti?
- Yig'in davomida asosiy etibor to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga qaratilyapti. To'p bilan qanday muomalada bo'lishga qaratilgan mashg'ulotlar ancha qiziqarli o'tmoqda. Yana murabbiyimiz jismoniy tayyorgarligimiz ustida ham ishlamoqda. Hozircha hammasi ko'ngildagidek o'tmoqda.

- Yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. SHulardan dastlabkisida gol kiritdingiz...
- Ha, chindan ham Armanistonning “Pyunik” klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo'ldim. Bu o'yinda bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalanishda xatolarga yo'l qo'ydik. “Pyunik” yaratilgan 3ta imkoniyatdan 3ta gol urdi. Bu o'yinda bitta gol urganim kam, keyingi uchrashuvlarda bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilaman.

Ikkinchi uchrashuvda Qozog'istonning “Irtish” jamoasiga qarshi to'p surdik. Bu o'yinda jamoamiz ancha mazmunli harakat qildi. Murabbiyimizning ham ko'rsatgan o'yinimizdan ko'ngli to'ldi, menimcha.

Yana yig'in davomida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Bu o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosa chiqarib maydonga chiqamiz.

- Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan jamoalar nomini ayta olasizmi?
- 23 fevral kuni Belorussiya klubiga qarshi o'ynaymiz. Keyingi o'yinlar haqida hozircha aniq malumot yo'q.
 
- Hozir ko'plab jamoalarimiz xorij yig'inlari davomida o'z tarkiblarini xorijlik legionerlar bilan to'ldirib olishmoqda. “Olmaliq”qa yangi legionerlar keldimi?
- Ha, tarkibimizga legionerlar kelib qo'shilgan. Biri franciyalik, ikkinchisi turkmanistonlik. Ularning jamoada qolish-qolmasliklari nomalum.

Komiljon Ikromov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика