"Yuventus"dan navbatdagi bepul transfer rejasi
13 jan 2023 19:28
Yangiliklar
"Yuventus"dan navbatdagi bepul transfer rejasi
"Benfika" himoyachisi Aleks Grimaldo faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashga Turinning "Yuventus"i ham qo'shildi. Italiya grandi jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida 27 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqada bo'lib turibdi. Maqsad uni mavsum so'nggida hozirgi klubi bilan shartnomasi tugagan paytda Italiyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishdir. Portugal klubi uni tarkibida saqlab qolish uchun yangi bitimga ko'ndirishga urinmoqda. Ular hech bo'lmaganda himoyachini yanvar oyida sotib yuborish orqali xarajatlarini chiqarib olishga umid bildirmoqda.
Alexandro Grimaldo joriy mavsumda “Benfika” safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 gol urib, 5 ta golga asistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar