So’nggi yangiliklar

15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  1 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  3 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  5 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1

"Yuventus"dan ketma-ket 10 g'alaba yoxud Paulo Dibala porlamoqda Yangiliklar

"Yuventus"dan ketma-ket 10 g'alaba yoxud Paulo Dibala porlamoqda

Italiya chempioni Turinning "Yuventus" klubi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganidan xabaringiz bor.


Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" jamoasi A Seriyadagi dastlabki turlarini juda nursiz o'tkazgandi va bir qator mag'lubiyatlarga uchragandi. natijada esa "Yuve"  turnir jadvalining quyi pog'onalarigacha tushib ketgan paytlar ham bo'lgandi.


"Yuventus"ni bir qator etakchilari - Tevez, Vidal, Pirlo kabi futbolchilari tark etganidan so'ng Allegri jamoani yangitdan tuzishni boshlab yuborgandi. Allegri "Yuventus" o'yiniga yangicha nafas olib kirgunga qadar jamoa bir qator uchrashuvlarda muvaffaqiyatsiz o'ynadi. Biroq Allegri to'g'ri yo'ldan ketayotganini isbotladi va "Yuventus" tezda o'zini o'nglab olib, g'alabali seriyalarini boshlab oldi. "Yuve"ga yangi kelib qo'shilgan futbolchi Mario Manjukich, Simone Zaza, Paulo Dibala kabi hujumchilar jamoa o'yiniga moslashib ketishdi. Hujum chizig'i butunlay yangilangani bois mavsum startida bu borada muammolar bo'lgandi. Ayni paytda esa yangi hujumchilar ham o'z o'yinlarini topib olishdi. Simone Zaza maydonga tushayotgan bahslarda ishonchni oqlamoqda, gollar urmoqda. Mario Manjukich esa juda muhim o'yinlarda jamoa joniga oro kirmoqda. Umuman Mario Manjukich har doim jamoasining hal qiluvchi gollarini urishni yaxshi ko'radigan hujumchilar sirasiga kiradi. Mavsum avvalida juda katta pullar evaziga "Palermo"dan sotib olingan yosh istedodli hujumchi Paulo Dibala "Yuventus"da porlashni boshlab yubordi. Ushbu vunderkind "Yuventus"ning so'nggi o'yinlaridagi g'alabalariga katta hissa qo'shmoqda. Yosh iqtidor sohibi "Yuventus"ning ketma-ket 10ta uchrashuvda g'alaba qozonishiga bosh sababchilardan biri bo'lmoqda.

Paulo Dibala so'nggi 10 o'yinda ettita gol kiritib, beshta golga hammualliflik qildi.

Dibala ushbu mavsumda Italiya chempionatida jami 11ta gol urib, to'purarlar poygasida Iguaindan keyin ikkinchi pog'onada ketmoqda.


"Yuventus" qaytdi, Dibala porlamoqda...

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика