"Yuventus" yulduz hujumchisi uchun bor-yo'g'i 20 mln so'ramoqda
30 iyu 19:21
Yangiliklar
"Yuventus" yulduz hujumchisi uchun bor-yo'g'i 20 mln so'ramoqda
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich allaqachon narsalarini yig'ishtirib bo'lgan va takliflarni kutmoqda.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirish niyatida emas – xaridor topishgina qoladi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, "byankoneri" rahbariyati serbiyalik uchun 20 mln evro so'rayapti. Futbolchi Turkiya va Saudiya Arabistoni klublariga o'tish imkoniyatini rad etdi. Asosiy muammo Vlaxovichning maoshi: hozirda forvard yiliga 12 mln evro maosh oladi, uning talablarini bajarishga tayyor bo'lganlar ko'p emas. Aftidan, vaziyat avgust oxirigacha oydinlashmaydi – xuddi o'tgan yili Federiko Keza bilan bo'lgani kabi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi kelishuvi 1 yildan keyin tugaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar