"Yuventus" va Devid yillik maoshi 6 mln evro bo'lgan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. Fubolchining agentlari 10+ mln. evro komissiya talab qilishmoqda
25 iyu 17:10
Yangiliklar
"Yuventus" va Devid yillik maoshi 6 mln evro bo'lgan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. Fubolchining agentlari 10+ mln. evro komissiya talab qilishmoqda
"Yuventus" Jonatan Devid bilan kelishuvga erishdi.
Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, Turin klubi va 25 yoshli hujumchi yillik maoshi 6 mln evro bo'lgan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. O'yinchi mavsumda 1-2 million evrogacha bonus sifatida ishlab olishi mumkin.
To'liq kelishuvga erishishda asosiy to'siq agentlarga to'lanadigan komissiya masalasi bo'lib turibdi. Futbolchi vakillari 10 million evrodan ko'proq pul talab qilmoqda.
Takidlanishicha, Devidga Turkiya va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor, lekin u A Seriyada o'ynashni xohlaydi.
O'tgan Liga 1 mavsumida kanadalik "Lill" uchun 32 o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi. U francuz klubini erkin agent sifatida tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar