Yuventus Osasuna bilan xamkorlik qiladi
16 apr 2014 08:30
Yangiliklar


Yuventus Osasuna bilan xamkorlik qiladi
Yuventus Ispaniyaning Osasuna jamoasi bilan hamkorlik qilmoqchi.
Kelishuvga muvofiq, italiyaliklar "Osasuna" akademiyasidan etishib chiqayotgan futbolchilarni birinchi navbatda olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'z o'rnida, "Yuventus"ning bir qancha futbolchilar ispan jamoasi safida ijara asosida to'p tepadilar.
Aytib o'tish lozimki, "Osasuna" Ispaniya chempionatida 16-o'rinni egallab turibdi va La Ligada qolishi xozircha yuz foiz aniq emas.
Ular ligada qolish vazifasini bajara olishganidan so'nggina ushbu kelishuv amalga oshishi mumkin.

Fikrlar