So’nggi yangiliklar

18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  0 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  6 17:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 17:30Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  6 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  6 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  18 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7

"Yuventus" g'alabasiga Ronaldudan ko'proq hissa qo'shgan futbolchi haqida Yangiliklar

"Yuventus" g'alabasiga Ronaldudan ko'proq hissa qo'shgan futbolchi haqida

A Seriya 27-turi doirasida Turinning "Yuventus" klubi safarda "Bolonya"ni mag'lub etdi.

Bundan deyarli bir oy oldin biz siz bilan "Yoz va uning kutilmagan qaxramonlari" nomli materialda aynan Federiko Bernardeski haqida fikr bildirgan edik.

Kecha "Bolonya" - "Yuventus" (0:2) uchrashuvni ko'rish chog'ida, beixtiyor ana o'sha fikr yodga kelaverdi. 

Kecha Bernardeski o'yinni keskinlashtiruvchi paslar bo'yicha eng yaxshi, darvoza tomon berilgan zarbalar va to'pni olib qo'yish bo'yicha uchinchi ko'rsatkichni qayd etdi. "Yuve"ning deyarli barcha hujumida ishtirok etdi. Tovoni bilan chiroyli o'ynab, golli uzatma etkazib berdi. Federiko o'zi shunaqa tipdagi futbolchilardan hisoblanadi.

O'zini ko'rsatish uchun etarli vaqt va erkinlik bo'lsa unga kifoya. Oxirgi 20 daqiqa trekvartista roli unga endi kamlik qilmoqda – u turli jihatlarda juda kuchli hisoblanadi. Fededa bir vaqtning o'zida De Bryuyne va Beylning hislatlari mavjud bo'lib, ular futbolchining top darajaga olib chiqadi, lekin ushbu sifatlarni alohida oladigan bo'lsak, unda o'rtamiyona darajadan uyog'iga o'tolmay qoladi. Italiyalik futbolchi yaxshi tezlikka ega, ammo o'ta yirik tana tuzilishi yo'q. Tabiiyki, o'yin qisqa paslar va kichik hududda bo'ladigan bo'lsa, qaxramonimiz o'zini erkin sezmaydi. Zaxiradan o'yinga qo'shilganda unga shunchaki vaqt etmay qolaveradi. Bernardeskiga gibrid rol zarur, ana o'shanda u foydali futbolchiga aylanadi. Avvalroq aytganimizdek, uning sifatlarini alohida baholaydigan bo'lsak, har safar undan biroz yaxshiroq kimdir topiladi.

Aksariyat hollarda Bernardeski ko'p narsani bilishi uning zarariga ishlaydi. Misol uchun Kostani olaylik: aldamchi harakat, tezlik olish va jarima maydoni tomon uzatma va bu hol adashib o'ntadan bitta vaziyatda gol bo'lgunga qadar davom etaveradi. Yoki shu kabi juda kam foiz ehtimol bilan Duglas markaz tomon kirib borishga qaror qiladi va zarba beradi. Ammo u zarba berishga o'rganmagan, u to'pni sherigiga oshirishni biladi, shu sabab zarbaga etarlicha tayyorgarlik ko'rmaydi va katta ehtimol bilan to'p noaniq ketadi. Umumiy olib qarasak, unda faqatgina dribling bor, lekin bu yaxshi sotiladigan qobiliyat. Qishda 4-3-3 taktikasiga qaytganda unga hatto Sarri ham etibor qaratdi va kechagi uchrashuvga qadar o'ng qanotga Duglasni qo'yardi: Bernardeskidan har hislatdan bir shingildek, Kostada esa deyarli hech nima yo'q, bor narsasi esa o'ta zo'r ko'rinadi va shu sababli foydali degan fikrni paydo qiladi. 

Ammo braziliyalikning o'yin uslubi Sarri tizimiga unchalik mos kelmasligi ham bor gap. Unga har o'yinda minglab krosslar kerak emas, har qadamdagi ortiqcha aldamchi harakatlar Mauricioni butkul qiziqtirmaydi. Murabbiy falsafasi - to'p iloji boricha tezroq "yursin" va kutilmagan to'p oshirishlari bilan himoyani yorib o'tish. Bernardeski esa hozir jamoada Dibaladan keyingi eng kreativ futbolchi. 

Balki u kechagidek, har uchrashuvda 6-7 tadan vaziyat yarata olmas, lekin jamoaviy pressing sifatini keskin oshiradi. Unga shunchaki vaqt va imkoniyat bersangiz bo'lgani...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика