So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Yuventus" g'alaba qozondi Yangiliklar

"Yuventus" g'alaba qozondi

Ushbu sahifa orqali "Yuventus" - "Bolonya" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
Italiya chempionati, 34-tur.

"Yuventus" – "Bolonya" 1:0 

Yuventus Stedium

Gol:
Pol Pogba (64)

"Yuventus"
– Buffon, Pogba, Ogbonna, Bardzali, Kellini, Asamoa, Markizio, Isla (Padoin, 80), Pirlo, Jovinko (Vidal, 88), Lorente.
"Bolonya"
– Kurchi, CHerubin, Antonsson, Morleo, Sorensen, Ibson (Paponi, 70), Friberg, Pacienca, Xristodulopulos, Garich, Kristaldo.

Ogohlantirishlar:
Antonsson (53), Friberg (73)




                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                       YANGILASH



Uchrashuv tugadi va "Yuventus" o'z hisobiga yana uch ochkoni yozib qo'ymoqda! "Yuventus" Italiya chempionligiga tobora yaqin bormoqda. "Yuventus" muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!


90+5` "Bolonya"ning so'nggi hujumi samarasiz tugadi.

90+3` Antonio Konte futbolchilarini so'nggi daqiqalarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishini talab etmoqda.

90` Ha, hakam "Yuventus"ni asablarini yana 5 daqiqa qo'shib, sinab ko'rishni istadi shekilli. "Bolonya" bor etiborini hujumga qaratmoqda...

88` Jovinko maydonni tark etdi. Uning o'rniga Arturo Vidal maydonga chiqarildi. Maydon markazi qiroli so'nggi daqiqalarda o'ynaydi...

86` Pol Pogba yana zarba berdi va o'yindagi ikkinchi golini kiritishiga yaqin qolgandi. Lekin Kurchi o'z o'rnida.

83` Xristodulopulos bugungi o'yinda Buffon ham o'ynayotganini ko'rishimizga sababchi bo'ldi. Uning uzoqdan yo'llagan zarbasini Buffon ushlab oldi. 

80` Islaning o'rnida Padoin maydonga tushirildi.

77` O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. Odatiy vaziyatlar. Ustunlik to'liqligicha maydon egalarida. "Bolonya" oldinga borishni ham eplay olmayapti. Lekin 1:0 hisobi har qanday vaziyatda o'zgarib qolishi mumkin.

73` "Bolonya" futbolchisi Friberg sariq kartochka ishlab oldi.

70` Ibson o'z o'rnini Paponiga bo'shatib berdi. Ha, "Bolonya" endi o'z diqqat etiborini hujumga qaratishga majbur.

68` Ha, Beppe Marotta haq! Ushbu  futbolchi "Yuventus"ning kelajagi! Haqiqiy istedod sohibi. Pol Pogba bugung o'yindan ham qanday iqtidorga ega ekanligini isbotlamoqda o'z o'yini bilan. "Yuve" bu futbolchini "PSJ" va "Real"ga sotishga haqqi yo'q, agarda klub rahbarlari kelajak borasida bosh qotirayotishgan bo'lsa... 70 million evrolarni qo'lga kiritishni emas, Pogbani saqlab qolishni o'ylash kerak. Pogbani tarkibga olib qolish bu jamoaning kelajagiga katta poydevor qo'yish deganidir...

64` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pol Pogba!
Nihoyat "Yuve" raqib darvozasiga yo'l topa oldi. "Yuventus"ning navbatdagi hujumi samarali yakunlandi. Pol Pogba jamoadoshidan qabul qilib olgan to'pini jarima maydonchasiga kirib o'tirmasdan zarba berdi va o'yindagi hisobni ochdi.


62` Agarda bugun "Bolonya" raqibiga mag'lub bo'lmasa, unda buning asosiy sababchilari "Bolonya" jamoasining butun himoya vakillarining xizmatlari bo'ladi. Ularga hozirgacha bo'lgan vaqtdagi maktab baholari "5"!

60` "Yuve"ning uzoq chuzilgan hujumi ham samara keltirmadi. Pogba-Lorente-Asamoa-Pirlo navbati bilan hujumni rivojlantirishga urinib ko'rishdi. Lekin yana va yana "Bolonya" himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.

56` Bardzali hozir to'pni raqibiga oldirib qo'ydi va mehmonlar futbolchisi oldinga qarab chopdi. Lekin Ogbonna faollik ko'rsatib xavfni bartaraf etdi.

53` "Bolonya" futbolchisi Antonsson hakam tomonidan ogohlantirildi.

50` Isla-Jovinko duetidagi uyushtirilgan kombinatcion hujum samarasiz tugadi.

47` "Yuventus" ikkinchi bo'limni ham birinchisi kabi ustunlik bilan boshladi. Hujumlar uyushtiryapti. Lekin o'sha hujumlarni chiroyli qilib yakunlashga kelganida jamoa biroz oqsamoqda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!


45` Jarima zarbasidan naf chiqmadi.

44` Jovinkoga nisbatan qo'pollik. Hakam esa bu jarima zarbasini bir necha soniyalar o'tganidan keyin baribir belgiladi. Pirlo to'p oldida...

42` Birinchi bo'limda gol ko'rishimiz qiyinga uo'xshamoqda...

38`Sebastyan Jovinko faollik ko'rsatdi va raqib himoyachilarini aldab o'tdi. Fernando Lorente tomon oshirilgan to'pga etib kelishga ispan futbolchisi biroz kech qoldi.

36` "Yuve" o'yindagi ustunligini hisobda aks ettira olmayapti.

33` "Yuventus"ga bugun Tevez etishmayotgandek...

31` Jarima to'pini bu safar mehmonlar tepishdi. Lekin samarasiz.

29` "Bolonya"ning himoyadagi yaxshi o'yini ularni xavflardan qutqarib turibdi. Mehmonlarning o'zlari esa oldinga o'tishga shoshilishmayapti.

26` Bu o'yinga biroz tezlik etishmayapti.

23` Jarima zarbasi va Pirlo. Keyingisi jonli devor ekan.

21` "Yuve" hujum qilishni kanda qilmayapti. Lekin aniqlik va darvoza tomon berilayotgan zarbalar hujumlarchalik ko'p emas. Ish zarbagacha etib bormayapti.

19` "Yuventus" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgan edi. Turinliklar bu vaziyatdan Pirlodan gol kutishganligi aniq. Andreaning jarimadan tepgan to'pini Kurchi egallab oldi. 

15` "Bolonya" nihoyat bizni eshitdi, yug'ey, bizni o'qidi! Mehmonlar maydon markazini yorib o'tishdi. Lekin uyog'iga "Yuve" himoyachilari borligini ko'rib qolishdi va shashtlaridan qaytishdi.

13` "Bolonya" yaxshi o'ynamoqdami? Himoyada ha, lekin jamoa maydon markazidan uyog'iga o'ta olmayapti.

11` "Yuventus" burchak to'pini amalga oshirdi. Pirloning etkazbi bergan to'pini Pogba bosh bilan urdi. Ammo noaniq.

8` "Yuventus" ustunlikka ega. Lekin "Bolonya"  jamoasi himoyada hozircha ishonchli harakat qilishmoqda. Pogba, Jovinko va Lorentelarning faolligi ularni xato qilishga majbur qila olmayapti.

5` "Yuve"ning ilk hujumi darvoza tomon berilgan zarba bilan tugadi. Bu vaziyatda Lorente Pogbaga to'pni uzatdi va Pol Pogba Kurchi darvozasiga zarba yo'lladi. Lekin "Bolonya" posboni ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.

2` "Yuventus" o'yinni o'z uslubida boshladi. Futbolchilar to'pni bir-birlariga qisqa paslar orqali uzatib, hujumni rivojlantirish ilinjida o'ynashmoqda.

Uchrashuv boshlandi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Bugun Italiya chempionatining 34-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Bolonya" uchrashuvini saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Italiya futboli, xususan "Yuventus" muxlislarini ajoyib o'yin kutib turibdi. Saytimizdan uzoqlashmang! Sizning xizmatingizda ushbu o'yin onlayn sharhida SHahboz Beg'amov ishlaydi.


- O'yin soat 21:30da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика