"Yuventus" de Ligtning o'rniga futbolchi topib qo'ydi
14 iyu 2022 22:48
Yangiliklar
"Yuventus" de Ligtning o'rniga futbolchi topib qo'ydi
Turinliklar niderlandiyalik xohlagan payt ketib qolishiga tayyor turishibdi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Massimiliano Allegri jamoasida Matteys de Ligtning o'rnini "Torino" azosi Gleyson Bremer egallashi mumkin.

Braziliyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri Milanning "Inter" klubi asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib kelayotgandi. "Neradzurri" hamon u bilan shartnoma imzolash niyatida, biroq "Torino"ning 40 million evro so'rayotgani kelishuvga to'sqinlik qilmoqda.
Agar de Ligt ketsa, "Yuventus" vaziyatdan unumli foydalanib, "Inter"dan braziliyalik futbolchini ilib ketadi. Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik himoyachi katta ehtimol bilan "keksa sinora" safidan ketadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar