"Yuventus" "Atletik" futbolchisiga qiziqmoqda
26 apr 2022 11:01
Yangiliklar
"Yuventus" "Atletik" futbolchisiga qiziqmoqda
"Atletik" yarim himoyachisi Iker Muniain mavsum so'nggida A Seriyaga yo'l olishi mumkin.
29 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Kecha Milanda Turin klubi direktori Federiko Kerubini va "Atletik" prezidenti Aytor Elisegi o'rtasida Muniainning ehtimoliy transferi borasida uchrashuv bo'lib o'tishi kerak edi.
Xavbekning Bilbao klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Muniain La Liga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar