So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Yuventus" A Seriya autsayderiga mag'lub bo'ldi. Allegri yana ketadimi?! Yangiliklar

"Yuventus" A Seriya autsayderiga mag'lub bo'ldi. Allegri yana ketadimi?!

5ta g'alabasiz o'yin va chempionatda 8-o'rin.

"Yuventus"ning ahvoli juda yomon: ECHLda "Benfika"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin (1:2), A Seriyaning yangi jamoasi "Monca"ga ham imkoniyat boy berildi (0:1). Turinliklar o'yin oxirida gol o'tkazib yuborishdi: hujumchi Kristian Gyutkyaer jarima maydonchasi ichida chaqqonlik bilan Federiko Gattining ortidan chiqib keldi va tashlanib, to'pni darvozaning yaqin burchagiga yo'llab qo'ydi.

Bu paytda "Yuve" bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan edi: 41-daqiqada Anxel di Mariya chetlatildi. Argentinalik o'ziga nisbatan agressiv harakat qilgan Iccoga tirsagi bilan zarba berdi – provokaciya ish berdi!

Uchrashuvdan keyin Di Mariya muxlislar va jamoadan uzr so'radi:

"Ayni damda chempionatdagi vaziyat og'ir. SHu sabab yutkazdik. Mag'lubiyat — faqat mening aybim. Afsusdaman. Men professionalman, lekin hamma qatori xato qiladigan va buni tan oladigan oddiy insonman".

Biroq "Yuve" qizil kartochkagacha ham juda yomon o'ynadi. Butun o'yin davomida bor yo'g'i 2 bor darvozaga aniq zarba yo'lladi ("Monca" — 4 marta) hamda vaqtning 40%ida to'pga egalik qildi. Allegri shogirdlari bunday "natija"ni A Seriya asosiy autsayderi bilan uchrashuvda qayd etishdi: "Monca" turinliklarga qarshi bahsgacha 6 turda atigi 1 ochko to'plagan edi.


"Yuventus" ketma-ket 5 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti va A Seriya 8-o'rinida bormoqda.

• Massimiliano Allegri jamoasi ketma-ket 5 uchrashuvda yuta olmadi — 3 mag'lubiyat va 2ta durang. Mavsum davomidagi umumiy 9 o'yinda atigi 2 bora g'alabaga erishdi.
• "Yuventus" 7 turdan keyin sakkizinchi pog'onani band etib turibdi. Top-4ga chiqib olishi uchun 5 ochko kerak.
• "Monca" bunga qadar A Seriyada biror marta "Yuve"ni mag'lub etmagan edi — klubdagilar tarixiy g'alabadan juda xursand.


"Ajoyib kun. Kiyinish xonasida haqiqiy bazm. Bu kutilmaganda ro'y berdi. Futbolchilar yurakdan o'ynashini bilardim. Butun hafta davomida ko'zlari chaqnab turdi. Ushbu g'alaba — faqat ularning xizmati, bu uchun borlarini berishdi. Prezident Silvio Berluskoni menga qo'ng'iroq qildi. U juda xursand edi. "Monca" rahbari Adriano Galliani esa yig'lab yubordi va juda tasirli bo'ldi dedi. Gallianiga ham, Berluskoniga ham minnatdorchiligimni bildiraman, chunki ular dushanba kuni jamoani menga ishonib topshirishganida, menga katta masuliyat yuklatilgan edi. Ular mening orzumni ushaltirishdi. Bu uchun ulardan bir umrga minnatdorman", — deydi jamoaning yangi murabbiyi Raffaele Palladino.


Klub tanazzulga yuz tutayotganini tan oldi, lekin Allegri bilan xayrlashmoqchi emas

Allegri zaxira o'rindig'ida emasdi — "Salernitana" bilan o'yinda u chetlatilgan edi. "Monca"ga qarshi bahsdan so'ng, bosh murabbiy policiya xodimlari hamrohligida "Yuventus" kiyinish xonasiga kirdi. Uchrashuvdan keyin uning yordamchisi Marko Landuchchi o'z fikrlarini bayon qildi.

"Ehtimol, CHempionlar Ligasida "Benfika"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat biz o'ylaganimizdan ko'ra ruhiyatimizga jiddiyroq tasir qilgandir, ammo bu shunchaki o'zini oqlash va bundan hech qanday naf yo'q. O'z ustimizda ishlashimiz kerak. O'yinlarni yaxshi boshlab olamiz, biroq keyin to'xtab qolamiz. Buni tuzatishning yagona yo'li — birdamlikda ishlashdir. 4-5ta futbolchining yo'qligi sezilyapti, lekin bu bahona bo'lolmaydi. Biz yaxshiroq harakat qilishimiz va faqat gapiravermay, maydonda javob qaytara olishimiz zarur", — dedi Landuchchi.

"Monca"ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatgacha Allegri istefoga chiqarilishi haqida gap-so'zlar tarqagandi — biroq "Yuventus" bosh direktori Mauricio Arrivabene, ularni rad etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Men "Yuventus" reakciyasini ko'rmoqchiman. Aniqrog'i, reakciyani emas, harakatini! Hozir jamoa boshqaruvida nimanidir o'zgartirish biroz noto'g'ri ish bo'lardi. Muammolarga barcha tomondan nazar solish lozim. Biz qiyin davrni boshdan kechirdik. Turli ayblovlar "Yuve"dek klubga tartib-intizom ustida ishlashiga yordam bermaydi. Maks Allegri shunchaki shartnomaga emas, 3-4 yilga mo'ljallangan rivojlanish dasturiga ega. Siz aybdorni izlayapsizmi? Unda hamma ayb menda...", — dedi klub bosh direktori.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика