"Yuventus" 5 nafar murabbiy bilan muzokara olib bordi. Ular orasida Zidan va Pochettino ham bor
06 avg 2020 00:16
Yangiliklar
"Yuventus" 5 nafar murabbiy bilan muzokara olib bordi. Ular orasida Zidan va Pochettino ham bor
"Yuventus" CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Mauricio Sarrini ishdan bo'shatishni rejalashtirmoqda.
Turinliklar allaqachon 5 kishi bilan ehtimoliy almashtirish bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.
Gap Zinedin Zidan ("Real"ni tark etishdan bosh tortgan), Maurisio Pochettino (ishsiz), Simone Inzagi ("Lacio"), Luchano Spalletti (ishsiz), Jan Pero Gasperini ("Atalanta") haqida bormoqda.
Sarri o'tgan yozda "Yuventus"da ish boshlagandi. Jamoa u boshchiligida ketma-ket 9-marta Italiya chempioniga aylandi.
Murabbiyning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar