Yusupov SHomurodov haqida: "Yarim yil ichida oddiy o'yinchidan sifatli forvardga aylandi. Ko'rdim va hayratda qoldim!"
29 apr 2022 10:20
Yangiliklar
Yusupov SHomurodov haqida: "Yarim yil ichida oddiy o'yinchidan sifatli forvardga aylandi. Ko'rdim va hayratda qoldim!"
"Sochi" yarim himoyachisi Artur Yusupov "Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov haqida gapirdi.
- "Rostov" SHomurodov bilan bo'lgan paytingizda ushbu yigitning "Roma"ga qadar etib kelishini tasavvur qila olganmidingiz?
- SHomurodov men uchun jumboq. U 2017 yilning yozida O'zbekistondan kelib, shartnoma imzolagandayoq jamoada edim. Avalliga bu... Yumshoq qilib aytganda... Oddiygina Eldor. Oktyabrda jiddiy jarohat oldim, yarim yil tiklandim. Qaytdim va umuman boshqa mukammal bo'lgan SHomurodovni ko'rdim.
- Qanday?
- Ko'rdim va hayratda qoldim - axir, umuman boshqacha! Balki o'zgartirishgandir? Yuguradi ham, pas ham beradi va gol uradi. Olti oy ichida oddiy o'yinchidan sifatli forvardga aylandi. Vaqt o'tishi bilan umuman top o'yinchiga aylandi - Rossiya o'lchamlari bo'yicha, albatta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar