Yuriy Lukin: Jamoamizga omad va aniqlik etishmadi
15 apr 2014 12:12
Yangiliklar

Yuriy Lukin: Jamoamizga omad va aniqlik etishmadi
Qizilqum - Mashal jamoalari bahsidan so'ng, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Yuriy Lukin jurnalistlar savoliga javob qaytardi.
-Bugun Mashal futbolchilari kutganimizdek, munosib qarshilik ko'rsatdi, - dedi Yuriy Pavlovich. - Stadionimizdagi maydon 10 maydan keyin ideal holatga keladi. SHu bois, bugun o'z taktikalarimizni ko'ngildagidek amalga oshira olmadik. Ko'p vaziyatlarda mehmonlar darvozaboni mahorat ko'rsatgan bo'lsa, ayrim holatlarda futbolchilarimizga omad va aniqlik etishmadi. SHunga qaramay, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
-“Andijon”ga qarshi o'yindan farqli ravishda bugun taktikamizga biroz o'zgarish kiritdik. Navro'zbek Alimovni ataylab zaxirada qoldirdik. U ikkinchi bo'limda jamoamiz o'yinini kuchaytirdi. Biroq qulay vaziyatda gol kiritish jamoamizga nasib etmadi.
-CHempionatda yaqqol kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Oldinda O'zbekiston kubogi va “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Barcha raqibga qarshi birdek jiddiy tayyorgarlik ko'rib, o'z muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Fikrlar