Yurgen Klopp: "Bugun "Arsenal" va "Man Siti"ning o'yini borligidan xabarim ham yo'q edi"
03 apr 2024 23:09
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Bugun "Arsenal" va "Man Siti"ning o'yini borligidan xabarim ham yo'q edi"
Murabbiy o'z raqobatchilarining o'yinlari borligini bilmay qolganini aytdi.
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppga "Man Siti" va "Arsenal" o'tkazadigan bugungi o'yinlarni ko'rish yoki ko'rmasligi haqida savol berishdi.
"Bugun "Arsenal" va "Man Siti"ning o'yini borligidan xabarim ham yo'q edi. Bu mening mavzum emas. Ulardan har doim g'alaba kutaman. O'zaro to'qnash kelishsa, bunday bo'lmasligi aniq, ammo bunaqasi yilda ikki marta bo'ladi, xolos.
Biz ochkolar to'plashimiz kerak. O'z o'yinlarimizda g'alaba qozonishimiz kerak. Qolganlar meni qiziqtirmaydi. "Arsenal" yoki "Man Siti" o'ynasa yurak urish tezligim umuman o'zgarmaydi", -deydi Yurgen Klopp.
Malumot uchun, ushbu mavsum APL chempionligi uchun "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" kurashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar