So’nggi yangiliklar

23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  74 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  41 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Yuragidagi muammo sabab mundialdan mosuvo bo'lgani, Babayan tomonidan ko'rsatilmagan yordam, qiyinchiliklarni engib o'tayotgan Muhiddin Odilov haqida Yangiliklar

Yuragidagi muammo sabab mundialdan mosuvo bo'lgani, Babayan tomonidan ko'rsatilmagan yordam, qiyinchiliklarni engib o'tayotgan Muhiddin Odilov haqida

2012 yil Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

Terma jamoa safida  Muhiddin Odilov etakchi futbolchilardan biri bo'lib, final o'yiniga qadar sardor sifatida jamoadoshlarini maydonga etaklab chiqqandi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo'lgan Odilov terma jamoaning etakchisi, terma jamoadagi aksariyat gollar u tomonidan kiritilardi.  O'sha kezlari “Paxtakor”ning kelajagi sifatida qaralgan Odilovning yuragida yuzaga kelgan muammolar tufayli u mundialda ishtirok eta olmadi. Qolaversa, bir necha yillar futbol o'ynashi uchun taqiq qo'yildi. Hozirda Odilov faoliyatini Tojikistonda o'tkazmoqda. Futbolchi bilan bog'langan holda, ayrim savollarimizga javob oldik. 

- Siz mavsumni Birinchi liga ishtirokchisi “Zomin”da boshlagan edingiz. Keyinchalik yana sobiq jamoangiz “Ko'ktosh”ga qaytdingiz...

- Aslida yilni boshida “Ko'ktosh”da  faoliyatimni davom ettirmoqchi edim. Lekin oilaviy sabablarga ko'ra, O'zbekistonda qolishimga to'g'ri keldi. “Zomin” bu orada menga taklif bilan chiqqani tufayli u klub safiga borib qo'shildim. Biroq “Zomin”da o'zim istagan darajada o'ynay olganim yo'q. Keyinchalik “Ko'ktosh” yana taklif bilan chiqqanidan foydalanib, ushbu jamoaga qaytishga qaror qildim. 

- Bir necha yildirki, “Ko'ktosh”da to'p surib kelmoqdasiz. Bu klubda uzoq vaqt to'p surishingizning siri nimada?

- Ochig'i, Tojikistondagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilmoqdaman. Bu klubda barcha meni hurmat qiladi. SHu sababli to'rt yildirki, bitta jamoa sharafini himoya qilib kelmoqdaman. Jamoadoshlarim bilan munosabatlarimiz ham alo darajada bo'lib ketgan. 

- Bir vaqtlar siz o'smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgansiz. O'sha vaqtlarni qanday xotiralar bilan eslaysiz?

- Juda yaxshi damlar esimga tushadi. Biz axil oila edik. Terma jamoaga kuchli va iqtidorli yigitlar jalb qilingandi. CHempion bo'lishimizda ham ahil bo'lib o'ynaganimiz orqali erishilgandi. 

- O'sha terma jamoada o'ynagan ko'pgina futbolchilar faoliyatini tugatdi. Ayrimlari esa yuqori saviyaga ko'tarila oldi...

- To'g'ri aytdingiz, ko'plari faoliyatini allaqachon tugatdi. Bazilari esa yuqori darajaga chiqishdi deyish mumkin. Menga kelsam, birdan to'siq yuzaga kelib, faoliyatimni to'xtalish qilishga majbur bo'ldim. To'g'risi, boshida hafa bo'ldim. Tushkunlik holatiga tushib qoldim. Keyinchalik o'ylab ko'rsam, hayot shunday sinovlar bilan qiziq ekan. Nima bo'lganda ham taslim bo'lmaslik, oxirigacha harakat va kurashishdan to'xtamaslikga qaror qildim. 

- Yuragingizda paydo bo'lgan muammoni echimini topishda “Paxtakor” sizga yordam bermadimi?

- To'g'risi, o'sha vaqtlar men Samvel Babayan bilan ko'p marotaba gaplashganman. Meni davolatish uchun yordam berishlarini so'raganman. Kelajakda “Paxtakor” uchun bor kuchim bilan yordam berishga tayyor ekanligimni aytganman. Afsuski, hech kim yordam bermadi. Hozirda ham o'zimizning Superliga va terma jamoamiz safida o'ynashni istayman. 

- Futbolni to'xtatib qo'yganingizdan so'ng asosan nimalar bilan band bo'ldingiz?

- Adashmasam, 3-4 yil davomida faoliyatimda uzilish kuzatildi. SHu orada jismoniy tarbiya institutida o'qidim. Tushkunlikga tushib, hamma narsani yig'ishtirganim yo'q. Aksincha, bosqichma-bosqich oldinga qadam tashlashda davom etdim. “Ko'ktosh”da o'ynayotganimdan xursandman. Hozirgacha o'tkazgan faoliyatimdan hech qachon nolimayman. Alloh meni to'p tepishga imkoniyat berayotganidan mamnunman.

- Qachondir Superligada o'ynash imkoniyati paydo bo'lsa, bunga tayyormisiz?

- Albatta. Superliga darajasida o'ynashga kuchim va salohiyatim etadi. Qachondir bu voqea amalga oshishiga umid qilaman.


Malumot uchun, Tojikiston chempionatining 22-turida “Ko'ktosh” o'z maydonida “Esxata”ni qabul qildi. Bahs 5:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi va gollardan biri aynan Odilov hisobiga yozildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика