So’nggi yangiliklar

11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  36 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  8 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3

Yupp Xaynkes "Bavariya" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida nimalar dedi? Yangiliklar

Yupp Xaynkes "Bavariya" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida nimalar dedi?

Bugun "Bavariya"ga bosh murabbiy sifatida qaytgan Yupp Xaynkes ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bavariya"dan minnatdorman. Bu klub mening murabbiylik faoliyatim uchun tramplin vazifasini bajargan. Aynan shu narsa sabab qaytishga qaror qildim. Qiyin vaziyatga qaramay, ishonchim komilki, jamoa yaqin orada o'zini ko'rsata oladi.

Birinchi navbatda, men tahlil qilib chiqishim kerak. So'nggi 10 yil ichida jamoa ajoyib natijalar ko'rsatdi. O'yin Lam, SHvaynshtayger, Boateng, Noyer, Riberi, Robben, Myuller va Alonso kabi futbolchilar atrofida qurildi. Bizning futbolchilar haqiqiy professionallardir. Men yana kuchli jamoa yaratishim kerak. Jamoa yaxshi natijalar ko'rsatishni boshlashi lozim.



Biz o'z oldimizga katta maqsadlar qo'yishimiz kerak. Ayni paytdagi asosiy va dastlabki vazifamiz - boshqacha o'yin ko'rsatib, g'alabalar qozonish.

Bu qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. Men shahsiy hayotda juda faolman. Lekin, ayolim va qizim meni qo'llab-quvvatladilar va buni uddalay olishimni aytishdi. Jismoniy va ruxiy tomonlama men tayyorman.

Men jamoadagi vaziyatni yumshatmoqchiman. Futbolchilar yana o'z ritmlariga tushib olishlari kerak. Yigitlar o'z kuchlariga yana ishona boshlashlari juda muhim.

Jamoada saviya va salohiyat bor. Men buni yuzaga chiqarishim kerak", - deydi Yupp Xaynkes.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика