So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  1 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

Yunus Ali: "Paxtakor" birinchi bo'limning o'zidayoq intrigani yo'q qilishi mumkin edi, ammo..." Yangiliklar

Yunus Ali: "Paxtakor" birinchi bo'limning o'zidayoq intrigani yo'q qilishi mumkin edi, ammo..."

Elit OCHL to'rtinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Rayyan" (0:1) uchrashuvidan so'ng qatarliklar bosh murabbiyi Yunus Ali va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Hazim Ahmad matbuot anjumanida qatnashishdi.

"Paxtakor" uchun omadsiz o'yin bo'ldi. Raqibimiz birinchi bo'limda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi va ustunlik qildi. Tanaffusdan keyin esa biz o'zgarishlarga qo'l urdik. Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu g'alabaga qadar ko'p kurashdik va mehnat qildik. Eng muhimi dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdik. Musobaqa biz uchun endi boshlandi", - dedi Yunus Ali.

"Birinchi navbatda jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Biz "Paxtakor"dek kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Biz oxirigacha kurashdik va g'alabani o'zimiz bilan olib ketdik", - deya fikr bildirdi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Hazim Ahmad.

- "Paxtakor" namoyish etgan o'yin sizni hayron qoldirdimi? O'yindan oldingi "Paxtakor" haqidagi tahlillaringiz to'g'ri bo'lib chiqdimi?

- "Paxtakor" shunday o'yin namoyish etishini kutgandim. Raqibimiz birinchi bo'limda asosan qanot paslari orqali hujum qildi. Tanaffusdan keyin biz "kross"larni to'liq bartaraf eta oldik. Raqib jamoa o'yinida hech qanday "syurpriz" kuzatmadim.

- Raqib jamoadan bunday hujumkor futbol kutganmidingiz? "Paxtakor" uchrashuvning dastlabki daqiqalarida va birinchi bo'limda juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldi.

- Ha. Ular dastlabki 20 daqiqada ko'proq ustunlik qilishga intilishini kutgandim. Raqibimiz o'yinni 4-4-2 yoki 4-3-3 taktik sxemasi bilan boshlashini ham taxmin qilayotgandim, ammo jamoa 5-4-1da qolaverdi. Birinchi bo'limdagi barcha qanotdan amalga oshirilgan paslar xavfli chiqdi, lekin ikkinchi bo'limda biz bu xavfni bartaraf eta oldik. SHundan so'ng, vazifamiz ancha engillashdi.

- Jamoangiz namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz? Mening fikrimcha, "Paxtakor" o'yin davomida ustunlik qildi va raqibdan ko'ra yaxshiroq taassurot uyg'otdi.

- Ha. Bunga bir nechta sabablar bor, ammo asosiy sabab - maydon holati. Bunday maydonlarda futbol o'ynash juda qiyin. "Paxtakor" birinchi taymda bizni chuqurroq himoyalanishga majbur qildi. Safarda o'yin o'tkazish oson emas. Biz "Al Nasr" va "Al Ahli"larga qarshi juda yaxshi o'ynagandik, ammo o'sha bahslarda mag'lub bo'lganmiz. "Paxtakor" birinchi bo'limning o'zidayoq intrigani o'ldirishi mumkin edi, biroq jamoa bunday qilmadi. Keyin esa biz g'alabani ilib ketdik.

- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Hazim Ahmadga savol. Osiyo Elit CHempionlar ligasidagi dastlabki g'alabadan keyingi hissiyotlaringiz qanday?

- Bu g'alaba bizga juda kerakli edi. Endi musobaqa jadvalida yuqoriladik. Dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Kurashga qayta oldik deb o'ylayman.

- "Paxtakor" jamoasi haqida iliq fikrlar bildirdingiz. Toshkent jamoasining kelajagi bo'yicha fikr bildirib o'tsangiz? "Paxtakor"da pley-off yo'llanmasi uchun kurashish imkoniyatlari saqlanib qoldimi?

- Ha. "Paxtakor"da imkoniyatlar etarlicha. Musobaqa jadvalida farq bor-yo'g'i bir yoki ikki ochko. Barcha bir-biriga juda yaqin joylashgan. Barcha jamoalarda hali hamon imkoniyat bor deb o'ylayman.

- "Al Rayyan" kutilmagan vaziyatdan gol urib ketdi. SHuningdek, "Paxtakor" bugun ko'proq ustunlik qilgani haqida aytib o'tdingiz. Bugungi g'alabaning asosiy sababi omad deb o'ylaysizmi?

- Yo'q. Biz uch ochko uchun ko'p mehnat qilgandik. Avvalroq aytib o'tganimdek, "Paxtakor" o'z imkoniyatlariga ega bo'ldi, lekin barcha vaziyatlar ko'kka sovurildi. Biz esa o'z imkoniyatimizdan unumli foydalandik. Futbol shunday. O'z vaziyatlaridan foydalana olmagan jamoa har doim jazolanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика