So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

"Yunired" klubi "Dinamo" muxlislariga murojaat qildi Yangiliklar

"Yunired" klubi "Dinamo" muxlislariga murojaat qildi

Teglar :  "Yunired"
"Dinamo" futbol klubi muxlislariga cheksiz hurmat bilan quyidagilarni aytishni lozim topdik.

"Biz o'zbek futbolini "Dinamo" klubi bilan tanidik, unga muxlislik qildik va bundan keyin ham "Dinamo"ning qolgan jamoalarga qarshi o'yinlarida Sizlar bilan bir qatorda turishimizga ishonamiz. 

Biroq Samarqand derbisi bundan mustasno. Biz yaxshi niyatlar bilan Samarqand futboli rivojiga kichik hissa qo'shish uchun klub tashkil qildik. Bugungi kunda "Yunired" "Dinamo" bilan bir ligada raqobat olib borayotgani bizni faxrga to'ldiradi. Biz o'zaro samimiy raqobat orqali viloyat futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun bir safda mehnat qilishga tayyormiz. Ikki kun avval buni maydonda ham isbotlashga urinib ko'rdik. 

Bilasizmi, "Yunired" klubi o'quvchi va talaba yoshlarni sport bilan do'stlashtirish uchun tashkil etilgan. SHundan kelib chiqib, klub muxlislari ham asosan o'quvchi yoshlarni, yani, uka va singillaringizni, o'qituvchi ayol va qizlarimizni tashkil etadi. Biz ularni futbolga qiziqtirish, sog'lom turmush tarziga ko'niktirish umidi bilan "Dinamo" stadioniga boshlab boramiz. Ammo, afsuski, ayrim futbol muxlislarining haqoratomuz so'zlari, so'kinishlari va hatto tahdidlari qarshisida qolamiz. "Dinamo"ga qarshi uchrashuv davomida bu kabi hunuk holatlar juda ko'p bor takrorlandiki, ayrim o'quvchi yoshlarda futbol stadioniga nisbatan mehr emas, nafrat shakllanishni boshladi. Biz bundan cheksiz afsusdamiz. 

Hurmatli muxlislar, biz Liga orqali sizdan bir narsani iltimos qilib qolamiz: atrofingizdagi insonlarga akangiz, ukangiz, singlingiz, opangiz, o'g'il yoki qizingiz kabi muomalada bo'ling! Biz maydonda jiddiy raqobat hosil qilishga, Samarqand futboli rivojiga birdek hissa qo'shishga, har qanday raqibga qarshi tik turishga tayyormiz. Uning atrofida esa sog'lom raqobat va samimiyatni unutmaslikni istaymiz. Bizni to'g'ri tushunishingizdan umidvormiz.

Hurmat bilan samarqandlik yoshlarni o'zida birlashtirayotgan va endigina katta futbolga kirib kelayotgan "Yunired" futbol klubi", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика