So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  21 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Yuliya Panina: "O'zbekistonda ayollar futboli jadallik bilan rivojlanib bormoqda" Yangiliklar

Yuliya Panina: "O'zbekistonda ayollar futboli jadallik bilan rivojlanib bormoqda"

Aprel oyida Kuala-Lumpur shahrida ayollar futbolini rivojlantirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda qatnashgan O'zbekiston futboli Federaciyasi texnik bo'limi mutaxassisi Yuliya Panina ushbu tadbir haqida malumot berdi.

"18-19 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo mintaqasida ayollar futbolini rivojlantirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
Tadbirda Osiyo, Evropa, Afrika va SHimoliy Amerika qitasining ayollar futboli bo'yicha ekspertlari qatnashishdi. Unda yurtimiz nomidan O'zbekiston futbol Associaciyasi vice-prezidenti Irina CHjen va men ishtirok etdim.

Seminarning asosiy maqsadi Osiyo qitasida ayollar futbolini rivojlantirishning umumiy strategiyasini o'ylab chiqish, musobaqalar va dasturlar taqvimini ishlab chiqish, Osiyoda ayollar futboli haqida to'liq malumot berishdan iborat bo'ldi.



Tadbirda OFK ayollar qo'mitasi rahbari Moya Dodd doklad bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari FIFA, Evropa, Afrika SHimoliy Amerika vakillari, Avstraliya U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi va Yaponiya ayollar futbol associaciyasi vakili nutq so'zladi.

Seminar davomida o'zimiz uchun yangi va ko'plab kerakli malumotlar oldik. Bu kelajakda nafaqat yurtimizda, balki butun mintaqada ayollar futbolini rivojlantirish uchun katta yordam beradi. Ikki kun davomida boshqa davlatlardagi hamkasblarimiz bilan tajriba almashdik. Muammolarni va ularni hal qilish yo'llari borasida muzokara o'tkazdik. Umid qilamizki yaqin vaqt ichida bu o'z mevasini beradi.

Yurtimizda ayollar futboli jadallik bilan rivojlanib borayotgani barchaga ayon. Bugungi kunda O'zbekistonda futbolchi bo'lish istagidagi qizlar soni ortib borayotgani gapimizga isbot bo'la oladi. Yaqin kelajakda O'zbekiston ayollar futboli Osiyoda etakchilar orasiga kirishi uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz", - deydi Yuliya Panina.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика