So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  22 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Yulduz futbolchilar necha yoshidan professional faoliyatini boshlashgan? Yangiliklar

Yulduz futbolchilar necha yoshidan professional faoliyatini boshlashgan?

Futbolni tamomlagan yulduz futbolchilar necha yoshidan professionat faoliyatini boshlaganini bilasizmi? Quyida ushbu futbolchilar haqida bilib olasiz.

MORENO TORRICHELLI

Torrichelli futboldagi professional faoliyatini 22 yoshida boshlagan. U “Yuventus”, “Espanol”, “Arecco” jamoalarida to'p tepgan. Italiya terma jamoasida 10ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Erishgan yutuqlari: UEFA kubogi sohibi (1993), Italiya chempioni (1995, 1997, 1998), Italiya kubogi sohibi (2991, 2001), Italiya superkubogi sohibi (1995), ECHL sohibi (1996), Evropa superkubogi sohibi (1996), qitalararo kubok sohibi (1996).


PATRIK MBOMA

Patrik Mboma futboldagi professional faoliyatini 23 yoshida boshlagan. Mboma shu kungacha “PSJ”, “SHatoru”, “Mec”, “Gamba Osaka”, “Kalyari”, “Parma”, “Sanderlend”, “Al Ittixod”, “Tokio Verdi”, “Vissel Kobe”,  jamoalarida faoliyat olib borgan. Kamerun terma jamoasida 56 uchrashuv o'tkazib raqiblar darvozasini 33 bor ishg'ol qilgan.

Erishgan yutuqlari: Olimpiya o'yinlari sohibi (2000), Afrika chempioni (2000, 2002), Franciya liga kubogi sohibi (1996), Afrikaning eng yaxshi futbolchisi (2000), Yaponiya chempionatining eng yaxshi to'purari (1997).


 PETER SHMEYXEL

Tajribali darvozabon futboldagi professional faoliyatini 18 yoshida boshlagan. Katta SHmeyxel faoliyati davomida "Gladsakse", "Vidovre", "Brondbyu", "Manchester Yunayted", "Sporting", "Aston Villa", "Manchester Siti" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Daniya terma jamoasi safida 129 uchrashuv o'tkazgan.

Erishgan yutuqlari: Evropa chempioni (1992), Kubok egalari kubogi sohibi (1991), CHempionlar ligasi sohibi (1999), Qitalararo kubogi sohibi (1999), Evropa superkubogi sohibi (1991), Intertoto kubogi sohibi (2001), Daniya chempioni (1987, 1998, 1990, 1991), Daniya (1989), Angliya chempioni (1993, 1994, 1996, 1997, 1999), Angliya kubogi sohibi (1994, 1996, 1999), Angliya futbol ligasi kubogi sohibi (1992), Angliya superkubogi sohibi (1993, 1994, 1996, 1997), Fadxa qirol kubogi sohibi (1995), Portugaliya chempioni (2000), UEFA talqinida Evropaning eng yaxshi darvozaboni (1992, 1993, 1997, 1999).


ARNE FRIDRIX

Arne Fridrix futboldagi professional faoliyatini 21 yoshida boshlagan. Faoliyatida davomida "Ferl", "Arminiya (Bilefeld)", "Gerta", "Volfsburg", "CHikago Fayr" jamoalarida to'p tepgan. Futbolchi olgan jarohati butsalarini mixga ilgan. Fridrix Germaniya terma jamoasi safida 82 marotaba maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg'ol qilgan.


GRAFITE

Grafite nomi bilan tanilgan Edinaldo Batista Libano futboldagi professional faoliyatini 20 yoshida boshlagan. Grafite shu kungacha “Matonense”, Ferroviario”, “Santa-Krus”, “Gremio”, “Seul”, “Goyas”, “San-Paulu”, “Le-Man”, “Volfsburg”, “Al-Axli”, “Al-Sadd”, “Santa-Krus”, “Atletiko Paranaense”, jamoalarida to'p tepgan. Ayni damda Grafite o'ziga tanish bo'lgan “Santa-Krus” jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda. Grafite Braziliya terma jamoasi safida 4 uchrashuv o'tkazgan va 1 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

Erishgan yutuqlari: Goyan ligasi g'olibi (2003), Paulista ligasi g'olibi (2005), Libertadores kubogi sohibi (2005), Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi (2005), Bundesliga g'olibi (2009).


Zayniddin Tojiev

Zayniddin Faxriddinovich Tojiev ko'pchilikka “Paxtakor”dagi yorqin o'yinlari bilan tanish. Tojievlarning to'ng'ichi futboldagi professional faoliyatini 24 yoshida Toshkentning “Akademiya” jamoasida boshlagan. SHu kungacha Zayniddin Tojiev “Paxtakor”, “Esil Bogatir” (Qozog'iston), “Saba Batteri”, “Tyanczin Teda” (Xitoy), “SHo'rtan”, “Ordabasi” (Qozog'iston), “Lokomotiv” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona), “Buxoro” va  “Dinamo” (Samarqand) jamoalarida faoliyat olib borgan. Tojiev O'zbekiston milliy terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qilgan.

Zayniddin Tojiev ayni damda Toshkentning “JFL-Tashkent” futbol maktabida futbolga ilk qadamlarini qo'ygan bolakaylarga futbol sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda.





 

Muallif :
Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика