So’nggi yangiliklar

19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  2 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  12 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  8 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2

“Yozyovon” jamoasi bosh homiysi kamchiliklarni bartaraf etishga vada berdi Yangiliklar

“Yozyovon” jamoasi bosh homiysi kamchiliklarni bartaraf etishga vada berdi

Teglar :  PRO-ligaYozyovon
Pro-Liga 13-turidan joy olgan “Yozyovon” - “Nurafshon” o'yini belgilangan vaqtdan kechiktirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Zero, PFL komissarining bildirgisiga ko'ra, stadionning ayni vaqtdagi holati talab darajasida emasdi. Futbolchilar to'p suradigan joylarda yoriqlar paydo bo'lgan, maydon maysasi o'sib ketgan va etarli darajada kaltalanmagan.

Mazkur holat yuzasidan “Yozyovon” futbol klubi faoliyatiga masul bo'lgan Dilmurod Ergashev PFL matbuot xizmatiga quyidagilarni malum qildi:

“Tan olib aytishim lozimki, bugungi uchrashuvni o'tkazish uchun stadionimiz etarli darajada tayyor emas. O'yinni yaxshi saviyada o'tkazishga to'sqinlik qiladigan bir qator kamchiliklar bor ekani rost. Ushbu holat bo'yicha zarur ishlarni amalga oshiramiz va keyingi uy o'yinimizga qadar stadionda mavjud barcha kamchilik bartaraf etilishiga kafolat beraman. Stadionimiz o'tgan yili hokimiyat yordami bilan tamirdan chiqarilgan edi. Endi qolgan bazi kamchiliklar ustida jamoa vakillari masuliyat bilan ish olib borishiga vada beramiz”, — dedi Dilmurod Ergashev.

P. S. Ishga yondoshuv Pro B Ligasi vakillarida shunday bo'lsa, PFL ular bilan hamkorlikni to'xtatish mantiqliroq deb hisoblaydi. “Yozyovon”ning kelasi uy uchrashuvida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmasa, klub Pro-Liga bilan xayrlashishi mumkin. Bu masala komissiya tomonidan alohida ko'rib chiqiladi.

 “Nurafshon”ga qarshi uchrashuv esa stadion maysalari kaltalanib, maydondan ortiqcha buyumlar olib chiqilgach, start oldi. Ishda siljish bo'lmasa, bu jamoa uchun o'z maydonidagi oxirgi uchrashuv bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика