So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  7 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Yozgi transfer. Kim qancha o'zgarishni amalga oshirdi? Yangiliklar

Yozgi transfer. Kim qancha o'zgarishni amalga oshirdi?

Teglar :  PFL transferlar
31 avgust kuni bizda yozgi transfer rasman o'z yakuniga etdi.

Avvalgi yillar bilan solishtirganda futbolchilarning boshqa klublarga ko'chib o'tishi statistikasi ancha kamaydi. Nega?

O'zPFL mazkur transfer oynasida klublarga jiddiy talab qo'ydi. Yani, qarzdorligi mavjud klublarga transfer oynasida erkin harakatlanish imkoniyati berilmadi. Natijada bir qator klublar boshqa klublar oldidagi majburiyatlarini bajardi.

Yaqin kelajakda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilarning yangi klublar bilan shartnoma tuzishi natijasida uni tarbiya qilgan klublar oladigan daromadlar, shuningdek, istalgan yoshdagi futbolchining transferidan uni tarbiya qilgan klublarga kelib tushadigan kompensaciyalar masalasi O'zbekiston futbolida tartibga kela boshlaydi. Pirovardida istalgan yangi futbolchi bilan shartnoma tuzishdan ko'ra, o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisiga tayanishi ham arzonroq, ham foydaliroq ekani tushuniladi. Qarzdorligi mavjud bo'lmagan klublar esa istalgan futbolchi bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega.

10 avgust kuni transfer oynasi ochilgan vaqtda faqatgina “Paxtakor” va AGMK jamoalarida qarzdorlik mavjud emasdi. Mazkur klublar transfer oynasida faol bo'lmadi. “Qizilqum” va “Navbahor” jamoalari esa O'zPFL qistovi bilan bir qator qarzdorliklarni bartaraf qildi. SHundan keyingina ularga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun imkon berildi.

Qo'shimchasiga “Buxoro” futbol klubiga fors-major holati sabab ko'maklashildi. Sir emaski, klubning 4 nafar legioner futbolchisi pandemiya sabab O'zbekistonga qayta olmadi. O'zPFL mazkur futbolchilar o'rniga yangilar bilan shartnoma tuzish imkoniyatini yaratdi.

SHuningdek, ijarada qaytayotgan futbolchilar, xorijdan kelayotgan o'zbekistonlik futbolchilar, klubning o'z futbol maktabidan etishib chiqayotgan futbolchilar, futbolchi bo'lmagan boshqa personallar istalgan vaqtda ro'yxatdan o'tkazib berildi. Quyida qaysi klub qancha yangi futbolchini yozgi transferda o'z safiga qo'shib olganini ko'rish mumkin.

10 — "Qizilqum"
4 — "Buxoro"
4 — "Lokomotiv"
3 — "Mashal"
3 — "Metallurg"
3 — "Surxon"
2 — "Navbahor"
1 — "Bunyodkor"
1 — AGMK
0 — "Paxtakor"
0 — "Qo'qon-1912"
0 — "So'g'diyona"
0 — "Andijon"
0 — "Nasaf"



O'zPFL qarzdorliklar va akademiyalar masalasida qatiy poziciyaga ega. Tashkilot bu boradagi savollar uchun barchaga birdek ochiqdir.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика