Yovich "Barselona"ning raqibiga o'tadigan ko'rinadi
29 mar 2019 12:33
Yangiliklar
Yovich "Barselona"ning raqibiga o'tadigan ko'rinadi
"Real" va "Barselona" transfer huquqi "Benfika"ga tegishli bo'lgan "Ayntxart" forvardi Luka Yovich uchun kurashni davom ettirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, forvard uchun kurashda Madrid klubi ustunlik qilmoqda. Bir necha kun oldin serbiyalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga yaqin edi, ammo endi etakchi o'zgardi.
Futbolchining agenti Fali Ramadani "Real" bosh direktori bilan uchrashganidan so'ng vaziyat o'zgardi. Agent "qaymoqranglilar"ning loyihasidan mamnun bo'ldi va bu haqida mijozi Yovichga malum qildi. Endi futbolchi Madridga ko'chib o'tishni maqsad qilgan.
Oldinroq, 21 yoshli hujumchiga "Bavariya" ham qiziqayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar