So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  2 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  5 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Yoshlar ligasi. 2-tur. "Mashal" - "Bunyodkor" 2:0 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. 2-tur. "Mashal" - "Bunyodkor" 2:0

Bugun Muborak shahrida Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan yoshlar ligasi o'yin bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan ustunlikni vakillarimiz o'z qo'liga oldi. Birinchi xavfli hujumni "qaldirg'ochlar"ning yaponiyalik legioneri sodir etdi. Yunus Ochildiev hujumni ogohlantirish bilan to'xtatdi. SHundan so'ng tashabbus "Mashal" tarfiga o'tdi va 10 daqiqada Eldor SHomurodov o'ng qanotdan hujumchilarni aldab o'tib Murod Zuhurov darvozasini  ishg'ol etdi.  Bu golni qisqacha aytganda Nilmar ismli futbolchining Zuhurovga urgan golini eslash kifoya. Ikkinchi gol oradan besh daqiqa o'tganda avvalgi golni nusxasi takrorlandi. Akrom Komilovni qanotidan ikkinchi gol ham kiritildi. Ushbu gol muallifi ham yana  Eldor SHomurodov. Bo'limning qolgan daqiqalari maydon markazida o'tdi va birinchi bo'limda hisob o'zgarmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi keskin hujumlar bilan boshlandi. 50 daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritilgan golni qanot hakami o'yindan tashqari holatda deb topdi. Hisobni qisqartirishga uringan mehmonlar ko'proq hujumga etibor berdi. Alibobo Rahmatullaevni jarimadan bergan zarbasini darvoza to'sini bartaraf etdi. SHohjahon Abbosovni qanotdan oshirib bergan zarbasini Xolmurod Xolmurodov darvozaga yo'llay olmadi. Abbos SHodmonov ikkinchi bo'limda maydonga tushib bir necha bor raqib darvozasi tomon aniq zarbalar yo'lladi. 78 daqiqada Otabek SHukurov jarima maydoni ichida sodir bo'lgan vaziyatda ishonchli harakat qilib zarbani bartaraf etdi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal" yoshlari ikkinchi g'alabasiga erishdi.

"Mashal" - "Bunyodkor"  2:0 (2:0)
Gollar:
1-0 Eldor SHomurodov (10), 2-0 Eldor SHomurodov (15)
Ogohlantirish: Yunus Ochildiev
Hakamlar: Dilmurod Karimov, Farhod Usmonov, Komil Rasulov, Suhrob Sattorov
Nazoratchi: A.S.Abdullaev

"Mashal": Javohir Ilyosov, Iskandar SHayqulov, Yunus Ochildiev, Qahramon Bahodirov, Eldor Ergashov, Ixtiyor Toshpulatov, SHohrux Dostonov, Akmali Rahimzoda, Xolmurod Xolmurodov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov
Zaxiradan maydonga tushganlar:  Jasurbek Abdurahmonov, SHohjahon Abbosov, Siroj Rahmatullaev, Jamshid SHodiev, Abbos SHodmonov, Omonulloxon Murzaev

"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Xasan Iskandarov, SHahzod Abdurahimov, Zokir Nurmatov, Akram Komilov, Ahror Umarjonov, Doston Hamdamov, Minorio Sota, Sardor Azimov, Alibobo Rahmatullaev, Sanjar Rixsiboev
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdukarim Muhammedov, SHohruh Umarxo'jaev, Grigoriy Pagasov, Jahongir Hojamov, Sanjar Qodirqulov, Temur Ayupov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика