"Yosh umidli hakamlar" dasturi bo'yicha O'zbekiston futbol hakamlari markazi yangi loyiha boshladi
10 noy 20:23
Yangiliklar
"Yosh umidli hakamlar" dasturi bo'yicha O'zbekiston futbol hakamlari markazi yangi loyiha boshladi
U-13 va U-15 jamoalari ishtirokidagi “O'zbekiston futbol associaciyasi birinchiligi”ning Respublika bosqichi davomida yosh hakamlar uchun 6 kunlik seminar o'tkaziladi.
Jarayon Markaz tomonidan nazorat qilib boriladi va o'sib kelayotgan referilar uchun maktab vazifasini o'taydi. Qolaversa, dastur doirasidagi qatnashchilar alohida shartlar bo'yicha saralab olinadi.
Loyihadan ko'zlangan maqsad - umidli va kelajagi porloq hakamlarni kashf etish, ularni xalqaro musobaqalarga munosib tayyorlash hamda hakamlik borasida O'zbekiston nomini dunyoga tanitish kabi ustuvor vazifalardan iborat. Markaz bunday loyihalar kelgusida futbolimiz rivoji uchun manfaatli bo'lishiga ishonadi va yosh avlodni qo'llab-quvvatlaydi.
Fikrlar