So’nggi yangiliklar

12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  0 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  12 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1

Yosh “qaldirg'ochlar” - xalqaro festival g'olibi! Yangiliklar

Yosh “qaldirg'ochlar” - xalqaro festival g'olibi!

“Bunyodkor” futbol maktabining 2002 yilda tavallud topgan bolalardan iborat jamoasi Janubiy Koreyaning Xvaseong shahrida tashkil etilgan “Osiyo yoshlar futbol festivali”da g'olib chiqishdi
Jamoa festival doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida myanmalik tengdoshlari ustidan 8:2 hisobida ustun kelishgandi. Kecha festival o'z nihoyasiga etdi va unda yosh “qaldirg'ochlar” o'zbek futboli maktabining dovrug'ini barcha ishtirokchilarga namoyish etishdi!

Festivaldagi tadbirlar haqida biz jamoamiz safardan qaytib kelgach, batafsil malumot beramiz. Bugun esa festival doirasidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvlari natijalari bilan tanishtirib o'tamiz. Barcha jamoalar kuniga ikkitadan o'yinlar o'tkazishdi. Har bir bo'lim 30 daqiqadan iborat bo'lgani uchun, bu bolakaylarga qiyinchilik tug'dirmadi. Demak “Bunyodkor” jamoasi ishtirokidagi o'yinlar natijasi va ulardagi kiritilgan gollar mualliflari bilan tanishing:

8 avgust. Nepal – 3:3 (Diyorbek Rahimqulov, Izzatilla Orifov, Otabek Jo'raqo'ziev).

​Falastin – 5:1 (Abdurauf Bo'riev – 3 ta, Jasurbek Abdulbekov, Jaloliddin Sodiqov).

9 avgust. Mo'g'iliston – 10:1 (Diyorbek Rahimqulov – 3 ta, Otabek Jo'raqo'ziev va Izzatilla Orifov – 2 tadan, Jaloliddin Sodiqov, Ayubxon Umarxo'jaev, Abdurauf Bo'riev).

​Koreya SFA – 2:1 (Diyorbek Rahimqulov – 2 ta).

10 avgust. Janubiy Koreya – 2:0 (Otabek Jo'raqo'ziev,Jaloliddin Sodiqov).

​Yaponiya – 8:0 (Otabek Jo'raqo'ziev – 5 ta, Diyorbek Rahimqulov, Abdurauf Bo'riev, Izzatilla Orifov).

SHu tariqa “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari “Osiyo yoshlar futbol festivali”ning bosh sovrinini qo'lga kiritdilar! Biz olis Xvaseong shahrida O'zbekiston bayrog'ini baland ko'targan tarbiyalanuvchilarimizni, delegaciya rahbari Abdulla Zurapov, murabbiylar Baxodir Mahkamov, Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaevlarni bu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика