So’nggi yangiliklar

12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  9 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2

Yosh qalamkashlar diqqatiga! Sevimli jamoangiz haqida maqola yozishni istaysizmi? Yangiliklar

Yosh qalamkashlar diqqatiga! Sevimli jamoangiz haqida maqola yozishni istaysizmi?

Teglar :  Futbol
Faraz qilamiz, siz futbolni haddan tashqari yaxshi ko'rasiz va futbol haqida yozgingiz keladi.

Buning uchun "Championat.asia" sayti Sizga qulay imkoniyatni taqdim etadi. Aytaylik, siz viloyatda istiqomat qilasiz va siz yashab turgan hududda futbol jamoasi bor. (Ammo u erdagi futbol matbuotda ko'p yoritilmaydi). Siz o'sha jamoaga muxlislik qilasiz, shu jamoa haqida odamlar ko'proq narsa bilishini xohlaysiz. Bu oliy liga, birinchi liga, balki ikkinchi liga jamoasi bo'lishi mumkin. 

Agar sizda futbol jurnalistikasiga qiziqish bo'lsa-yu, yozganlarimni qaerda chiqarsam bo'lar ekan deb o'ylab yurgan bo'lsangiz, biz siz uchun imkoniyat eshigini ochishga tayyormiz. Biz doim aytib kelganmiz, saytimiz eshigi hamma uchun birdek ochiq. Biz sizning qalamingizga mansub futbolga oid voqea, xabar va boshqa mavzular saytimizda chiqishini xohlaymiz. 

Faqat buning uchun sizdan talab qilinadigani shu - asosan o'zingiz istiqomat qilayotgan hudud futbolini yoritish. Agar futbol jurnalistikasiga qiziqish tufayli men ham nimadir yozishni xohlayman deb o'ylasangiz, marhamat, ijod mahsulingizni bizga jo'nating. Biz qalamkashlar uchun "Men ham yozishni xohlayman" imkoniyatini tashkil qilib beramiz. 

SHuni unutmang, yozadiganlaringiz faqat o'zingiz yashab turgan hudud futboliga oid bo'lishi kerak. Yani, biz O'zbekiston terma jamoasi, bosh murabbiyi, O'FF yoki PFL haqidagi maqolalarni qabul qilmaymiz. Faqat o'zingiz ichidan kuzatib yurgan hudud futboliga oid materiallarnigina ko'rib chiqib saytda berib borishga harakat qilamiz.

Evropa futbolini sevadigan o'quvchilarimiz uchun ham imkoniyat bor. O'z sevimli jamoaingiz haqida maqola yoza olsangiz uni ham bizga yuboring. Tahririyatga maqul kelgan maqolalar albatta saytda chop etiladi.

O'zingiz yozgan futbolga oid maqolalarni quyidagi elektron pochtasi yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

championatasia@bk.ru

https://t.me/CA_admin


Aytgancha, maqolani yozib bo'lgach, ism-sharifingiz, yoshingiz, qaerda istiqomat qilishingiz hamda telefon raqamingizni yozib yuborishni unutmang. (Agar maqolaga oid fotosuratlar bo'lsa yanada yaxshi). 

Tahririyat. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика