So’nggi yangiliklar

19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  10 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Yorqin Nazarov: "PFL tanlaydigan formatini jiddiy tahlil qilishi kerak" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "PFL tanlaydigan formatini jiddiy tahlil qilishi kerak"

O'tgan mavsum Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan, yangi mavsumni "Bunyodkor-2" bosh murabbiyi sifatida boshlagan Yorqin Nazarov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Futbolchilik faoliyatimda ham bunday holat bilan to'qnash kelmagandim. Yani, chempionat boshlanishi arafasida ixtiyorsiz ravishda majburiy tatilga chiqish. Yaxshi tomoni shundaki, murabbiy sifatida vaziyatdan chiqishga harakat qilaman, bunday holatlarda nimalar qilish kerakligini o'rganaman. Aniqrog'i, majburiy tatildan foydalanib, o'z ustimda ishlayapman, ko'p kitoblar o'qiyapman. Qanday qilsa bu vaziyatdan oson chiqiladi, futbolchilarni masofaviy holatda mavsumga tayyorlashning yo'llarini o'rganyapman. 

Hozir futbolchilar jismoniy holatni bir maromda ushlab turish uchun o'z uyida mashg'ulot o'tkazmoqda. Tez orada ijtimoiy tarmoqdagi guruhimizda yigitlarga nazariy mashg'ulotlar o'tishni boshlayman. SHogirdlarimga nazariy mashg'ulotlarni o'tib, nimani xohlayotganimni to'liq tushuntirib bera olsam, mavsum davomida qiyinchilikka duch kelmayman, deb o'ylayman. Jismoniy holat? Murabbiylar shtabida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha professional yordamchim bor. Uni o'z dasturi va etarlicha tajribasi bor. O'ylaymanki, futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha jamoada muammo bo'lmaydi. 

O'zbekiston birinchiligi qaysi formatda o'tishini xohlayman? Rosti, buni hozircha o'ylab ko'rganim yo'q. Faqat PFL qaysi formatni tanlasa ham jiddiy tahlil qilishi kerak. Karantin qachon yakunlanishi nomalum. Qolaversa, hali mashg'ulot o'tkazishga ham ruxsat berilmadi. Tabiiyki, uyog'iga vaqt kam bo'ladi. O'z-o'zidan bu erda klublarga og'irlik qilmaydigan format tanlash kerakligi malum.

Karantin davrida xalqimizga sabr-toqat tilayman. Barchadan hukumatimiz qo'ygan talablarga qatiy rioya qilishini so'rab qolaman. SHunda biz birgalikda virusni engamiz".

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика